BUXORO VILOYATI SHOFIRKON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Shofirkon tumanida yoʻl belgilarini oʻrnatish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-27-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-sonli qarori va Shofirkon tumani ichki ishlar boʻlimining 2025-yil 22-noyabrdagi 47 /48-1435-sonli xatini koʻrib, qaror qilaman:
1. Shofirkon tumani ichki ishlar boʻlimining 2025-yil 22-noyabrdagi 47/48-1435-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Shofirkon tumani Mazlaxon Chandir mahalla fuqarolar yigʻini hududidan oʻtuvchi 80V025 “D173 avtomobil yoʻli (7 kmdan)-Juyshura q.-Chandir q.-Talisafed q.-Joʻynav q.” avtomobil yoʻlining 5-6-kmlari oraliqlarida (3.27 “Toʻxtash taqiqlanadi”) yoʻl belgilari oʻrnatilsin.
3. Tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi (F. Dehqonov) ushbu yoʻl belgilarini oʻrnatish choralarini koʻrsin.
4. Yoʻl harakati qatnashchilari “Yoʻl harakati xavfsizliigi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va “Yoʻl harakati qoidalari”ga muvofiq oʻrnatilgan yoʻl belgilari va yoʻl chiziqlariga amal qilishlari shuningdek, berilgan vakolat doirasida yoʻllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart.
5. Tuman IIB YHXB ga mazkur yoʻl belgilari oʻrnatilgan avtomobil yoʻlida harakat xavfsizligini taʻminlash va doimiy ravishda nazorat qilib borish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman hokimligining axborot xizmati (K. Hamroyev), “Shofirkon ovozi” gazetasi tahririyati (A. Obidov) ushbu qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytida hamda boshqa OAVlarda keng yoritilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari R. Gʻafurov zimmasiga yuklatilsin.
8. Qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tuman hokimi A. FAYZILLOYEV
Buxoro viloyati, Shofirkon tumani,
2026-yil 14-yanvar,
5-2-41-Q/26-son