24.01.2025 yildagi 30-2-0-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXORO VILOYATI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro shahrida jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda naqd pulsiz toʻlov tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi “Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi 419-I-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 25-martdagi PQ-139-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 15 avgustdagi “Raqamli Oʻzbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi majlisining 71-sonli bayoni 38-bandiga muvofiq umumiy foydalaniladigan jamoat transportida koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish, jamoat transportida toʻlovlar shaffofligini taʼminlash, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish, yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimlaridan foydalanishni ragʻbatlantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat hokimining 2025-yil 19-sentabrdagi “Buxoro va Kogon shaharlaridagi jamoat transporti tizimida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflarni joriy etish toʻgʻrisida”gi 450-2-0-Q/25-sonli qaroriga muvofiq Buxoro shahrida jamoat transporti yoʻnalishlarida yoʻlkira haqi bir yoʻlovchi uchun 3000 (uch ming) soʻm (QQS bilan), elektron toʻlov tizimi (ATTO) orqali toʻlashda ragʻbatlantiruvchi chegirma qoʻllanilgan holda 2000 (ikki ming) soʻm (QQS bilan) hamda qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif — 2 000 (ikki ming) soʻm (QQS bilan) qilib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buxoro shahrida aholiga koʻrsatilayotgan avtobus yoʻnalishlarida jozibadorlikni oshirish hamda yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqichda, 2026-yil 1-fevraldan 2-sonli “Buxoro ASHB-Sitora bozor”, 5-sonli “F. Xoʻjayev MFY-Toʻqimachi bosh bekati”, 10-sonli “Alpomish koʻchasi-Shayxon MFY”, 17B-sonli “Chorbakr bosh bekati-Aeroport”, 19-sonli “Karvon bozori-Karvon shopping”, 33-sonli “Trikotaj fabrikasi-Moxi xossa sanatoriysi” hamda 1-sonli “Buxoro ASHB-Zarmanoq” avtobus yoʻnalishlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqichda, 2026-yil 1-apreldan qolgan harakatdagi mavjud yoʻnalishlarda yoʻl kira haqini toʻlashda naqd pulsiz toʻlov tizimi amaliyoti joriy etilsin va toʻlovlar faqat elektron tarzda qabul qilinishi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Buxoro shahar hokimligi (Q.Tursunov) bir oy muddatda Buxoro shahridagi barcha avtobus bekatlarini elektron chipta sotishning oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklarini Buxoro shahrida faoliyat koʻrsatayotgan barcha avtobus yoʻnalishlari hamda bekatlariga bosqichma-bosqich oʻrnatish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infokiosklar elektr taʼminoti uchun toʻlovlar tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻrnatiladigan hisoblagichlar orqali oldindan toʻlov asosida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi avtobus bekatlari qurilishi yoki mavjudlarining joyi oʻzgartirilishi bilan bogʻliq holatlarda infokiosklar ushbu qarorga muvofiq joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ (B. Hayotov) Buxoro shahar hokimligi (Q. Tursunov) bilan birgalikda infokiosklar oʻrnatiladigan bekatlarning manzilli roʻyxatiga muvofiq avtobus bekatlarini bosqichma-bosqich elektr quvvatiga (50 metr radius atrofida) ulash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Buxoro viloyati transport boshqarmasi (F. Rajabov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, ikki kun muddatda qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻlovchilar tashuvchi korxonalar bilan tuzilgan ommaviy oferta shartnomalariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi tashuvchi korxonalarga tegishli har bir yoʻnalish boʻyicha harakatlanayotgan avtobuslar salonida validatorlarning uzluksiz va sifatli ishlashini taʼminlash hamda yoʻlovchilarning ushbu qurilmadan foydalanishda qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlkira haqini toʻlash naqd pulsiz faqat elektron tarzda amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan naqd pulsiz toʻlov tizimining yoʻlovchilar uchun qulayligi va afzalliklari yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng ommaga yetkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro shahrida barcha yoʻnalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarning validatorlar bilan jihozlanishini taʼminlasin hamda yoʻlkira haqini avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi ATTO orqali toʻlanishini doimiy nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin va hokimlikning buxoro.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari J. Arashov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati hokimi B. K. ZARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati, Buxoro sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-2-0-Q/26-son