XALQ DEPUTATLARI QOʼSHRABOT TUMANI KENGASHINING
Qarori
Qoʻshrabot tumani boʻyicha 2025-2026-yillar sugʻorish va novigitatsiya davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 82-sonli Qaroriga, Qoʻshrabot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Z.Xatamovning 2025-yil 9-dekabrdagi 51-sonli xatiga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma ikkinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Z.Xatamovning Qoʻshrabot tumani boʻyicha 2025-2026-yil sugʻorish va novigitatsiya davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoʻshrabot tumani boʻyicha 2025-2026-yil sugʻorish va novigitatsiya davri uchun suv olish limitlari ilovalarga asosan tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (O.Alimov), tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi (Z.Xatamov) hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda:
tumanga suv yetkazib berish boʻyicha ishlab chiqilgan limitlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori talabi asosida amalga oshirish;
qaror mazmun-mohiyatini massivlar hamda ular tarkibidagi fermer va dehqon xoʻjaliklari, MCHJ, korxona va tashkilotlarga yetkazish;
ilovalarda koʻrsatilgan limitlarni oʻz vaqtida va sifatli holatda yetkazib berish;
qarordan kelib chiqadigan boshqa vazifalarni amalga oshirish;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har yarim yilda Xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot kiritish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (T.Jaxonov), “Istiqbol sari” gazetasi muharriri (X.Mamarasulov) mazkur qaror ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Qoʻshrabot tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (D.Qaxxarov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi SHAKARBOYEV DILSHOD DAVRONOVICH
Samarqand viloyati, Qoʻshrabot tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-22-137-7-97-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.