XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ga asosan Urgut tuman mahalliy budjetining xarajatlar qismiga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga asosan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga asosan, xalq deputatlari Urgut tuman Kengashining navbatdagi yetinchi chaqiriq yigirmanchi sessiyasi. qaror qiladi:
1. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2025 yil 10-dekabrdagi1065-sonli Urgut tuman mahalliy budjetining xarajatlar qismiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi taklifi maʼqullansin.
2. 2025 yil budjet tasnifining ayrim boʻlim, kichik boʻlim, boblari hamda choraklar boʻyicha xarajatlar miqdorining umumiy mutanosibligini saqlagan holda hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilariga ajratilgan mablagʻlarni kamaytirib, budjet tasnifining ayrim boʻlim, kichik boʻlim, boblari hamda choraklar boʻyicha xarajatlar miqdorining umumiy mutanosibligini saqlagan holda hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilariga ajratilgan mablagʻlarni koʻpaytirish yoʻli bilan 1- ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (B.Salomov)ga budjet tasnifining ayrim boʻlim, kichik boʻlim, boblari va har bir xarajat turlari boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya Bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda hujjatlarni tuman mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ijro uchun yetkazish vazifasi topshirilsin.
4. Tuman mahalliy budjetidan mablagʻ oluvchi hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rahbarlariga xarajatlar smetasiga budjet tasnifining ayrim boʻlim, kichik boʻlim, boblari va har bir xarajat turlari boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi hamda birinchi navbatdagi xarajatlarini toʻliq moliyalashtirilishi va toʻlanishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatish vazifasi yuklatilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Urgut tuman Kengashining Mahalliy budjetni, iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (O.Azimurodov), tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (U.Kamolov) zimmasiga yuklatilsin.
6.Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi SAYIDKULOV DILMUROD BASTAMOVICH
Samarqand viloyati, Urgut tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-20-144-7-105-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.