XALQ DEPUTATLARI QOʼSHRABOT TUMANI KENGASHINING
Qarori
Qoʻshrabot tumanining 2025-yil IV chorak mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining 127-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Qoʻshrabot tumani Kengashi yettinchi chaqiriq, yigirma ikkinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qaroriga asosan tumandagi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini mahalla jamgʻarmasiga oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun 907 132,0 ming (toʻqqiz yuz yetti million bir yuz oʻttiz ikki ming) soʻm mablagʻ zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Qoʻshrabot tuman boʻlimi tasarrufidagi mahallalarning “Mahalla jamgʻarmasi”ga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda, Xalq deputatlari Qoʻshrabot tumani Kengashining 2025-yil 21-yanvardagi VII-5-1-7-97-K/25-son qarori 1-ilovasidagi 7-bandi hamda 2-ilovasidagi 9-bandlari tuman mahalliy budjeti hisobidan Qoʻshrabot tuman mahalliy budjetining 2025-yil IV chorak daromadlari va xarajatlarini 907 132,0 ming (toʻqqiz yuz yetti million bir yuz oʻttiz ikki ming) soʻm 1-ilovaga muvofiq oshirilsin.
3. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (X.Musirmanov) Qoʻshrabot tuman mahalliy budjetining 2025-yil IV chorak daromadlari va xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar boʻyicha doimiy komissiyasi (S.Bubakov) va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Q.Xoliqulov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi SHAKARBOYEV DILSHOD DAVRONOVICH
Samarqand viloyati, Qoʻshrabot tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VI-22-135-7-97-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.