XALQ DEPUTATLARI PAXTACHI TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Paxtachi tumanida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445 va 452-moddalariga asosan, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn toʻqqizinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445, 452-moddalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman Soliq inspeksiyasi hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda tuman hokimligining 2026-yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
2026-yil uchun Paxtachi tumani hududida suv soligʻi stavkasi 1-ilovaga hamda yer qaʼridan foydalanilganlik uchun soliq stavkasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (U.Arnaqulov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (J.Eshonqulov), tuman Soliq inspeksiyasi (A.Gʻiyasov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F.Kenjayev) hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (U.Arnaqulov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi XUSHBAKOV KAYUM NORBEKOVICH
Samarqand viloyati, Paxtachi tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-19-133-7-102-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.