XALQ DEPUTATLARI KATTAQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Kattaqoʻrgʻon tumani boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida
2025-yil 25-dekabrda qabul qilingan “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli, “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1014-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445, 452-moddalari hamda tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 4-dekabridagi 1813/284-sonli xatiga muvofiq “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻn sakkizinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. 2025-yil 25-dekabrda qabul qilingan “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli, “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1014-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445, 452-moddalari maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Shuningdek, mazkur qarorning loyihasi 2025-yil 5-dekabrdan 20-dekabrgacha (https://regulation.gov.uz/oz/d/111454) normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi quyilganligi hamda tuman adliya boʻlimining 2025-yil 30-dekabrdagi 13-son xulosasida ijobiy baholanganligi inobatga olinsin.
2. Tuman Soliq inspeksiyasi hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda tuman hokimligining 2026-yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qaʼridan foydalanganlik uchunsoliq stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
3. 2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 2026-yil uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 1-ilovaga, noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga 2026-yil uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tumanhokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi N.Joʻlmatov, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (M.Obbozov), tuman soliq inspeksiyasi (M.Otamurodov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Tuman hokimligi Axborot xizmati (J.Safarov), “Kattaqoʻrgʻon kecha va bugun” gazetasi tahririyati (J.Normamatov), Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilish hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Xudayberdiyev) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (N.Jоʻlmatov) zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror 2026 yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi NASRIDDINOV JAMSHID TULKINOVICH
Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-18-157-7-96-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.