XALQ DEPUTATLARI KATTAQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Kattaqoʻrgʻon tumanining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Оʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, 2025-yil 25-dekabrda qabul qilingan “2026-yil uchun Оʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti tоʻgʻrisida”gi ОʻRQ-1105-sonli Оʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-24-191-7-0-K/25-sonli qaroriga muvofiq hamda Samarqand Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 29-dekabrdagi 01/01.2-38/3957-sonli xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati tоʻgʻrisida”gi Оʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Kattaqоʻrgʻon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq оʻn sakkizinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Оʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Оʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti tоʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-24-191-7-0-K/25-son qarori (keyingi оʻrinlarda qaror deb yuritiladi) maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Shuningdek, mazkur qarorning loyihasi 2025-yil 27-oktabrdan 11-noyabrgacha (https://regulation.gov.uz/oz) normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi quyilganligi hamda tuman adliya boʻlimining 2025-yil 30-dekabrdagi 12-son xulosasida ijobiy baholanganligi inobatga olinsin.
2. Qarorga muvofiq, Kattaqоʻrgʻon tuman budjetining 2026-yilgi daromadlari 185 759 796,0 ming sоʻm va xarajatlari esa 185 759 796,0 ming sоʻmga maʼlumot uchun qabul qilinganligi hamda Kattaqоʻrgʻon tuman budjetining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida turgan budjet mablagʻlarining yоʻl qоʻyiladigan eng kam miqdori 1 221 000,0 ming sоʻm etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Tuman budjeti daromadlarining 2026-yil uchun asosiy prognoz kоʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda tuman budjetidan 2026 yilda hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmi 2026-yil uchun 1 996 214,0 ming sоʻm miqdorida belgilansin.
Bunda, zaxira jamgʻarmasi mablagʻlarini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib bоʻlmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bоʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yоʻnaltirilishi taʼminlansin.
5. Quyidagilar:
Qishloq xоʻjaligi uchun mоʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bоʻyicha mutlaq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 3-ilovaga;
Jismoniy shaxslar bоʻyicha (dehqon xоʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xоʻjaligiga mоʻljallagan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 kv.m uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari bоʻyicha birinchi оʻrinbosari N.Jоʻlmatov, tuman Iqtisodiyot va moliya bоʻlimi (M.Obbozov), tuman soliq inspeksiyasi (M.Otamurodov) bilan birgalikda 2026-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan kоʻrsatkichlarni оʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini kоʻrsin.
7. Hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar har chorak yakuni bilan budjet mablagʻlarining samarali va maqsadli sarflanganligi, xarajatlarning amaliy natijalari yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borsinlar.
Bunda, hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan tоʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni tоʻliq rejalashtirilishi va оʻz vaqtida tоʻlanishi;
оʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining tоʻgʻri tuzilishi;
budjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning tоʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning tоʻgʻri taqsimlanishi;
оʻz tasarrufidagi tizimda budjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilinishini;
budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirib borilishini taʼminlasinlar.
8. “Kattaqoʻrgʻon kecha va bugun” taxririyati (J.Normamatov), tuman hokimligi matbuot xizmati (J.Safarov) mazkur qarorni tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Kattaqоʻrgʻon tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari doimiy komissiyasi (A.Xudayberdiyev) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari bоʻyicha birinchi оʻrinbosari N.Jоʻlmatov zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi NASRIDDINOV JAMSHID TULKINOVICH
Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-18-153-7-96-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.