2025-yil uchun Samarqand shahar mahalliy budjetidan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari | ||||
ming soʻmda |
| |||
T/r | Koʻrsatkichlar | 2025-yil |
| |
Xarajatlar miqdori jami | 414 187 188,4 |
| ||
1. | Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi | 98 778 418,5 |
| |
shudan: |
| |||
“Mening maktabim” | 4 995 521,0 |
| ||
2. | Madaniyat boʻlimi | 28 060 912,0 |
| |
3. | Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlimi | 22 882 321,0 |
| |
4. | Sport boʻlimi | 17 507 254,0 |
| |
5. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi | 2 577 011,0 |
| |
6. | Qishloq xoʻjaligi boʻlimi | 3 144 723,0 |
| |
7. | Iqtisodiyot va moliya boʻlimi | 3 652 999,8 |
| |
8. | Hokimiyat | 100 330 086,7 |
| |
shundan: |
| |||
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” | 192 846,0 |
| ||
Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi | 45 000 000,0 |
| ||
“Mahalla budjeti” jamgʻarmasi mablagʻlari | 7 615 765,0 |
| ||
Zahira jamgʻarmasi | 8 981 716,0 |
| ||
9. | Hokimyat (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi) | 176 164,0 |
| |
shundan: |
| |||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalarini saqlash xarajatlari | 176 164,0 |
| ||
10. | Hokimiyat (Obodonlashtirish boshqarmasi) | 137 077 298,4 |
| |
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining qarori, 30.12.2025 yildagi VII-24-141-7-107-K/25-son
Кучга кириш санаси
20.01.2026
XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-2-023-7-107-K/24-sonli “Samarqand shahrining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga oʼzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 27-148-moddalari,Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi ““2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-1106-son Qonuniga asosan, xalq deputatlari shahar Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-2-023-7-107-K/24-sonli “Samarqand shahrining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish maqsadida, xalq deputatlari shahar Kengashi yettinchi chaqiriq, navbatdan tashaqari yigirma toʻrtinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari shahar Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-2-023-7-107-K/24-sonli “Samarqand shahrining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish maʼqullansin.
2.Qarorning 2-ilovasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin hamda quyidagi tahrirda bayon etilsin.
3. Samarqand shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi (R.Turakulov) shahar mahalliy budjetining 2025-yilgi xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan mazkur qaror ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini taʼminlasin.
4. Shahar hokimligi axborot xizmati rahbari (A.Poʻlotov) va “Samarqand” gazetasi (O. Sonniboyev) mazkur qarorni oʻrnatilgan tartibda eʼlon qilinishini hamda shahar hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi” (Z.Kabilov) va shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (X.Ochilov) zimmalariga yuklatilsin.
Kengash raisi UMAROV FAZLIDDIN KARIMOVICH
Samarqand viloyati, Samarqand sh.,
2025-yil 30-dekabr,
VII-24-141-7-107-K/25-son