XALQ DEPUTATLARI Payariq TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Payariq tumani boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qaʼridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445, 452-moddalari hamda tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 12-dekabrdagi P-14263-sonli xatiga muvofiq “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445 va 452-moddalari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman soliq inspeksiyasi hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda tuman hokimligining 2026-yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
3. 2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 2026-yil uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 1-ilovaga, noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga 2026-yil uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 2-ilovaga hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi stavkalari uchun 2026-yilda belgilangan koeffitsiyentlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (Sh.Eshonqulov), tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (A.Ernazarov), tuman soliq inspeksiyasi (D.Esirgapov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Maxammatov) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (Sh.Eshonqulov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi XUDAYBERDIYEV SHUNKOR FARMONOVICH
Samarqand viloyati, Payariq tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-19-159-7-100-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.