XALQ DEPUTATLARI ISHTIXON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Ishtixon tumanida 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga, shuningdek noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarishga moʻljallanmagan ohaktoshdan tashqari) qatʼiy belgilangan stavkalarga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 422 va 452-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-son Qonuni, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi qarori, Ishtixon tuman Davlat soliq inspeksiyasining 2025-yil 5-dekabrdagi P-11859-son xati, Ishtixon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Q.Nuriddinovning 2025-yil 6-dekabrdagi 185-son bildirgisi, Ishtixon tumani Adliya boʻlimining 2025-yil 30-dekabrdagi 5/16-25-son xulosasiga muvofiq, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, 17-sessiyasi qaror qiladi:
1. Ishtixon tuman Davlat soliq inspeksiyasining 2025-yil 5-dekabrdagi P-11859-sonli xatiga, Ishtixon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Q.Nuriddinovning 2025-yil 6-dekabrdagi 185-sonli bildirgisi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ishtixon tuman Davlat soliq inspeksiyasi hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda tuman hokimligining 2026-yil uchun belgilangan mahalliy byudjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
3. Ishtixon tumani hududida 2026-yil uchun:
yer qaridan foydanilganlik uchun soliq stavkalari 1-ilovaga;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashiga ushbu qarorning 1-2-ilovalariga asosan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qoʻllash tavsiya etilsin.
4. Ishtixon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari (Q.Nuriddinov), Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi birinchi oʻrinbosari (A.Shoniyazov), Ishtixon tumani Davlat soliq inspeksiyasi (O.Usmonov) mazkur qaror ijrosini taʼminlash, belgilangan soliq stavkalari hamda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan belgilangan tartibda choralar koʻrish hamda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashiga axborot kiritib borishni taʼminlasin.
5. Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (M.Tursunov), “Ishtixon ovozi” gazetasi muharriri (M.Rabbimova)larga mazkur qarorni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylash tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.Abdugʻaniyev) hamda Ishtixon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari (Q.Nuriddinov) zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi RUZIYEV FAZLIDDIN KIRANOVICH
Samarqand viloyati, Ishtixon tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-17-190-7-95-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.