XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Nurobod tumani boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445, 452-moddalariga muvofiq, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 24-moddasiga asosan, shuningdek, Nurobod tumani soliq inspeksiyasining 2025-yil 5-dekabrdagi 03/143-sonli xatini inobatga olib xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻn oltinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445 va 452-moddalari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman Soliq inspeksiyasi hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda tuman hokimligining 2026-yil uchun belgilangan mahalliy byudjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy soliq stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koyeffisiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
2026-yil uchun Nurobod tumani hududida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1-ilovaga hamda noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (R.Ibragimov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Gʻ.Musurmanov), tuman Soliq inspeksiyasi (M.Erkinov)lar birgalikda mazkur qarorning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash chorasini koʻrsin.
4. Ushbu qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.Suyarov) hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (R.Ibragimov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi BURANOV MAXSUD ERKINOVICH
Samarqand viloyati, Nurobod tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-16-136-7-99-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.