XALQ DEPUTATLARI JOMBOY TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Jomboy tumani boʻyicha suv resurslaridan hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni va xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-24-191-7-0-K/25-sonli qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445 va 452-moddalariga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, Jomboy tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni va xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-24-191-7-0-K/25-sonli qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445 va 452-moddalariga kiritilgan oʻzgartirishlar maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Jomboy tumani soliq inspeksiyasining 2025-yil 3-dekabrdagi P-14065-sonli xati bilan tumanning 2026-yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining miqdorlariga nisbatan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha bergan takliflari inobatga olinsin.
3. 2026-yil uchun Jomboy tumani hududida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga hamda yer qaʼridan foydalanilganlik uchun soliq boʻyicha noruda qurilish materiallari uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalariga oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Jomboy tumani hokimning birinchi oʻrinbosari (Sh.Xasanov), tuman soliq inspeksiyasi (B.Baratov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (A.Toshpulatov) zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengash raisi NAZAROV XURSHID ARIPOVICH
Samarqand viloyati, Jomboy tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-21-129-7-94-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.