30.12.2025 yildagi VII-23-157-7-92-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI OQDARYO TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqdaryotumanida 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 99-moddasi hamda tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 2-dekabridagi 20-184058-sonli xati hamda Oqdaryo tumanida 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorini belgilash toʻgʻrisida tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 12-dekabrdagi 82-sonli bildirish xati va takliflariga muvofiq “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma uchinchi sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 99-moddasi hamda tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 2-dekabridagi 20-184058-sonli xati hamda Oqdaryo tumanida 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorini belgilash toʻgʻrisida tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 12-dekabrdagi 82-sonli bildirish xati rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman Soliq inspeksiyasi hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda tuman hokimligining 2026-yil uchun belgilangan mahalliy byudjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi stavkalarining Mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsientlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 2026-yil uchun qoʻllaniladigan koeffitsientlar 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamda Noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga 2026-yil uchun qoʻllaniladigan koeffitsientlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (E.Ashurov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (N.Ismoilov), tuman Soliq inspeksiyasi (M.Ruzimamatov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (R.Rabbanaqulov) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (E.Ashurov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi:Qudratov Sherzod Asadovich QUDRATOV SHERZOD ASATOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-23-157-7-92-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.