30.12.2025 yildagi VII-18-146-7-104-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yilda Toyloq tumani boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27- va 99-moddalari, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga va xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-24-191-7-0-K/25-sonli qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445- va 452-moddalariga muvofiq, tuman soliq inspeksiyasining 2025-yil 30-dekabrdagi (27-10392-son) xatini inobatga olib, xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining oʻn sakkizinchi sessiyasi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-24-191-7-0-K/25-sonli qarori (keyingi oʻrinlarda qaror deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445 va 452-moddalari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman soliq inspeksiyasi hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda tuman hokimligining 2026-yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun Toyloq tumani hududida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1-ilovaga hamda noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xalq deputatlari tuman Kengashiga ushbu qarorning 1- va 2-ilovalariga asosan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsentlarni qoʻllash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A.Sharipov, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (R.Qahorov), tuman soliq inspeksiyasi (Z.Sindorov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi axborot xizmati (A.Mirzoyev) hamda “Qoʻshchinor” gazetasi (M.Yuldashova)ga maskur qaror boʻyicha maʼlumotlar yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F.Sidikov) hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (A.Sharipov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi RAXMATULLAYEV BEHZOD RAXMATULLAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Toyloq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-18-146-7-104-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.