XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Samarqand viloyatining 2026-yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha oʻrnatilgan soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning ijara toʻlovini eng kam stavkalarining oshiruvchi koeffitsiyentlarini va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida” hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2026-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi (24-127593-son) xati, viloyat Soliq boshqarmasining 2025-yil 28-noyabrdagi (20-181985-son) murojaatini inobatga olib, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma toʻrtinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Samarqand viloyati Soliq boshqarmasi boshligʻi (F.Babayev)ning Samarqand viloyatining 2026-yilda moʻljallangan Soliq va byudjet siyosati toʻgʻrisida bergan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga muvofiq;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga 0,5 dan 1,2 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarning ijara toʻlovining eng kam stavkalariga 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda quyidagicha tasdiqlash tavsiya qilinsin:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori;
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M.Poʻlatov) hamda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (Sh.Buranov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi NEGMATOV SHUHRAT XUDOYBERDIYEVICH
Samarqand viloyati,
2025-yil 30-dekabr,
VII-24-194-7-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.