XALQ DEPUTATLARI PASTDARGʻOM TUMANI KENGASHINING
Qarori
2026-yilda Pastdargʻom tumani boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1014 -son Qonunining 3-moddasi 5-, 6- qismlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-, 452-moddalariga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, shuningdek Samarqand viloyati Soliq boshqarmasining 2025-yil 2-dekabrdagi 20-184058-son xatini inobatga olib, xalq deputatlari Pastdargʻom tumani Kengashi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1014-son Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-, 452-moddalariga kiritilgan oʻzgartirishlar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman Soliq inspeksiyasining 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
2026-yil uchun Pastdargʻom tumani hududida suv soligʻi stavkasi 1-ilovaga hamda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi J.Pardayev, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (U.Maxmanazarov), tuman Soliq inspeksiyasi (N.Razzoqov) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Pastdargʻom tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi B.Ochilov hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari J.Pardayev zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi RAXMANOV SHERZOD SHUXRATOVICH
Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-20-140-7-101-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.