XALQ DEPUTATLARI NARPAY TUMANI KENGASHINING
Qarori
Narpay tumanining 2025-yil 4-chorak mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 127-moddasiga hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh.Aliyevning 2025-yil 4-dekabrdagi 05-12/8284-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn sakkizinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qaroriga asosan tumandagi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini mahalla jamgʻarmasiga oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun 790 854,0 ming (yetti yuz toʻqson million sakkiz yuz ellik toʻrt) soʻm mablagʻ zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Narpay tuman boʻlimi tasarrufidagi mahallalarning “Mahalla jamgʻarmasi”ga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda, Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 2025-yil 4-yanvardagi VII-3-3-7-98-K/25-son qarori 1-ilovasidagi 8-bandi hamda 2-ilovasidagi 8-bandlari tuman mahalliy byudjeti hisobidan Narpay tuman mahalliy byudjetining 2025-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlarini 790 854,0 ming (yetti yuz toʻqson million sakkiz yuz ellik toʻrt) soʻm ilovaga muvofiq oshirilsin.
3. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (U.Ruziyev) Narpay tuman mahalliy byudjetining 2025-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (U.Namazov) ga, qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Sh.Aliyev) zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi XUSANOVA RISOLAT ISMOILOVNA
Samarqand viloyati, Narpay tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-18-126-7-98-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.