XALQ DEPUTATLARI BOYSUN TUMANI KENGASHINING
Qarori
Boysun tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalari, Oʻzbekistan Respublikasi Soliq kodeksining 429- va 437-moddalari hamda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2026-yil 6-yanvardagi VII-17-2-8-0-K/26-son qarorlariga asosan Boysun tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi T. Sarmanovning bergan hisobotinitinglab, bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi.
1. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2026-yil 6-yanvardagi VII-17-2-8-0-K/26-son qarori hamda tuman soliq inspeksiyasining 2025-yil 16-dekabrdagi 27-07243-son xati va tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi T. Sarmanovning bergan hisoboti maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining moliya-iqtisoliyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (Y. Joʻrayev), tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi (T. Sarmanov)larga:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-son “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan tumani boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yuridik shaxslarning 1 gektar yeri uchun 31 668 000 (oʻttiz bir million olti yuz oltmish sakkiz ming) soʻm hamda jismoniy shaxslarning 1 kvadrat metr yeri uchun 271,89 (ikki yuz yetmish bir soʻm 89 tiyin) soʻm bazaviy soliq stavkalari boʻyicha taklif kiritilganligi (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer soligʻi stavkasiga 0,7 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilashi mumkinligi yuzasidan “Boysun” gazetasi va tuman hokimligi axborot xizmati orqali ommaga taqdim etish;
belgilangan yer soligʻi stavkalariga (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qoʻllashlari yuzasidan maʼlumotlarni taʼminlab berish;
tuman soliq inspeksiyasi tomonidan budjet daromadlari koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlash, soliq bazasini kengaytirish, qoʻshimcha soliq zaxiralarini aniqlash va soliqqa tortish hamda tumanni iqtisodiy salohiyatini oshirish maqsadida zaruriy chora-tadbirlar koʻrish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni boʻyicha maʼlumot kiritib borish;
xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun keyingi soliq davriga tasdiqlangan soliq stavkalarini besh kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazilishini taʼminlash;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mavjud yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olish;
yuridik va jismoniy shaxslarga hisoblangan yer soligʻi va undirilgan soliqlari toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borish vazifasi yuklatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilangan soliq stavkalari asosida (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun 2026-yilda Boysun tuman kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi axborot xizmati (Y. Xoliyorov), “Boysun” gazetasi tahririyati (D. Oripov)ga mazkur qarorni amalga oshirishdan maqsad va uning tuman iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 28-fevraldagi VII-6-34-8-110-K/25-son “Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2025-yil 30-yanvardagi VII-3-6-8-110-K/25-son “Boysun tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (Q. Alimov) zimmasiga yuklansin.
7. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi SHUKUROV BOXADIR SHOTURAYEVICH
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani,
2026-yil 8-yanvar,
VII-18-1-8-110-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.