XALQ DEPUTATLARI ANGOR TUMANI KENGASHINING
Qarori
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 99-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq hamda Angor tumani Soliq inspeksiyasining 2025-yil 16-dekabrdagi 18-09893-son xatini inobatga olib, xalq deputatlari Angor tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar hamda noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar toʻgʻrisidagi Angor tumani Soliq inspeksiyasi boshligʻi I. Xudoyqulovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 1-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun (tsementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari zimmasiga yuklatilsin.
Sessiya raisi MARDONOV QOSIM ESONOVICH
Surxondaryo viloyati, Angor tumani,
2026-yil 8-yanvar,
VII-18-2-8-109-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.