XALQ DEPUTATLARI XIVA SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Xiva shahrida 2026-yil uchun ayrim mahalliy soliqlar stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Xiva shahrida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) soliq stavkalarini 2026-yil uchun belgilash masalasi yuzasidan shahar iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining 1-oʻrinbosari D.Ishchanovning axboroti tinglanib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xati, viloyat soliq boshqarmasi hamda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xati, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mahallalar iqtisodiy salohiyati va rivojlanish darajasidan kelib chiqib, 2026-yil 1-yanvardan:
yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-4-017-12-217-K/24-sonli qarorining 6 va 7-ilovalari 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorni “Xiva tongi” gazetasi (Sh. Masharipov) hamda shahar hokimligi axborot xizmati (O. Ikramov) tomonidan internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishi taʼminlansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (R. Erniyazov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi DAVLETOV TEMUR ISMOILOVICH
Xorazm viloyati, Xiva shahri,
2025-yil 30-dekabr,
VII-14-76-12-217-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.