XALQ DEPUTATLARI XIVA SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Xiva shahridagi koʻchalar boʻyicha oʻtkazilgan xatlov natijalari yuzasidan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasi kotibi, shahar hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.Abdullayevaning axboroti toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 2012-yil 16-oktabrdagi 295-sonli qarori hamda “Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-sonli qarorlari ijrosi hamda mahallalar chegaralari xaritalarining ishlab chiqilishi natijasida Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati Xiva shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan xatlov natijalariga asosan shahar hududidagi ayrim koʻchalarning bogʻlanishi, toifasi, ayrim koʻchalarning nomlanishiga qisman oʻzgartirishlar kiritilganligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 7-avgustdagi 05-19-13299-sonli eskpert xulosalariga asosan xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 7-avgustdagi 05-19-13299-sonli eskpert xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Kadastrlar palatasi Xorazm viloyati Xiva shahar boʻlimi (A. Jalilov) ushbu ekspert xulosasi asosida koʻchalarni toifalari boʻyicha qayta koʻrib chiqsin hamda belgilangan tartibda tegishli kadastr, reyestr va elektron bazalarda zarur ishlarni amalga oshirsin.
3. Shahar statistika boʻlimi (Z. Muxammadiyeva), kadastrlar palatasi shahar boʻlimi (A. Jalilov), shahar qurilish boʻlimi (Sh. Atajanov) hamda tegishli mutasaddi va davlat organlariga amaldagi tartibda nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan koʻchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazasini shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
4. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi shahar boʻlimi (Sh. Sadullayev), kadastrlar palatasi shahar boʻlimi (A. Jalilov) tegishli tashkilotlar bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda koʻchalarning nomlanishlari va xonadonlarni raqamlashtirish ishlarini amalga oshirsinlar;
har bir koʻchalarga va xonadonlarga nomi yozilgan metall koʻrsatgich va belgilar, peshlavhalar oʻrnatilishi boʻyicha qonun talablariga muvofiq “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasi”ga taklif kiritsinlar.
5. Kadastrlar palatasi shahar boʻlimi (A. Jalilov), shahar statistika boʻlimi (Z. Muxammadiyeva), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi shahar boʻlimi (Sh. Sadullayev) bilan birgalikda shahardagi barcha koʻchalarning nomlarini xatlovdan oʻtkazsin hamda ularni davlat reyestriga muvofiqlashtirish, yangi tashkil etilgan va nomlanmagan koʻchalarga nom berish, shuningdek, qonun talablariga zid boʻlgan nomlarni oʻzgartirish choralarini koʻrsinlar.
6. Xiva shahar hokimligi axborot xizmati (O. Ikramov), “Xiva tongi” gazetasi (Sh. Masharipov) ushbu qarorning mazmun mohiyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishini taʼminlasinlar.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Z. Abdullayeva) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi DAVLETOV TEMUR ISMOILOVICH
Xorazm viloyati, Xiva shahri,
2025-yil 30-dekabr,
VII-14-75-12-217-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.