XALQ DEPUTATLARI SARIOSIYO TUMANI KENGASHINING
Qarori
Sariosiyo tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga hamda mol-mulklariga 2026-yil uchun soliq stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-, 429 va 437-moddalariga asosan Sariosiyo tumanida 2026-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatiga nisbatan koeffitsiyent qoʻllash va tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Sariosiyo tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 17-dekabrdagi 01-09652-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatga nisbatan koeffitsiyenti 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tumanning mahallalar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Sariosiyo tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (M. Qultayev), tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻi (Sh.Qosimov)ga:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 kv. m uchun mutloq miqdori tuman markazida va qishloq joylarda 1 390 000 (bir million uch yuz toʻqson ming) soʻm belgilanganligi minimal qiymatda boʻlishini nazorat qilish;
yer soligʻining amaldagi stavkalari yuridik shaxslar uchun 1 gektarga 49 010.0 ming. soʻm va jismoniy shaxslar uchun 1 kv. m ga 402 soʻm 53 tiyin etib belgilanganligini nazorat qilish;
belgilangan yer soligʻi stavkalariga (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun ularning hududlarida joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashlari yuzasidan maʼlumotlarni taʼminlab berish;
yuridik va jismoniy shaxslarning egaligidagi yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini hamda yuridik shaxslarning mavjud mol-mulklari uchun hisoblangan mol-mulk soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borilishini nazoratga olsin.
4. Tegishli masʼullar tomonidan har chorak yakunida yuridik va jismoniy shaxslarning egaligidagi yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini hamda yuridik shaxslarning mavjud mol-mulklari uchun hisoblangan mol-mulk soliqlarining undirilishi yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borilsin.
5. Tuman hokimligi Axborot xizmati (J. Ergashov) va “Sariosiyo” gazetasi (A. Azizov)ga mazkur loyihani amalga oshirishdan maqsad va uning tuman iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida televideniye, radio, rasmiy sahifalar orqali ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S. Asadov) zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi RAJABOV MUXAMMAD RUZIBADALOVICH
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani,
2026-yil 8-yanvar,
VII-13-2-8-116-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.