12.01.2026 yildagi VII-17-3-5-79-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy shahar boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 162, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 383, 412, 422, 429 va 437-moddalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-6121-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xati, 2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xati, Navoiy shahar soliq inspeksiyasining 2025-yil 9-dekabrdagi 20/26-59187-sonli xati Navoiy shahar boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash hamda bildirilgan fikr va mulohazalarini inobatga olib, xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2026-yilda Navoiy shahar boʻyicha yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligida moʻljallanmagan yerlarini bazaviy soliq stavkasi mutlaq miqdori 1 gektar uchun 55,1 mln. soʻm, jismoniy shaxslar yerlarining 1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasi mutlaq miqdori 377,0 soʻm belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlarning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslar boʻyicha 2026-yilda Navoiy shahar uchun mutlaq miqdorda belgilangan yer soligʻining bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksining 445-moddasi bilan oʻrnatilgan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksining 452-moddasi bilan oʻrnatilgan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi mahalliy byudjet prognozlarini inobatga olib, 1 va 2-ilovaga asosan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarga nisbatan tegishli hududda joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 miqdorda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga egaligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari shahar Kengashi tegishli hududda joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida yuridik va jismoniy shaxslar uchun 2026-yilda belgilangan yer soliq stavkalarini taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shahar hokimligi ushbu qaror bilan maʼqullangan Navoiy shahar boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы”gazetalari hamda shahar hokimligining rasmiy veb saytida eʼlon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining 2025-yil 17-yanvardagi Navoiy shahar boʻyicha 2025-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi stavkalarini hamda mol-mulk soligʻini hisoblashda qoʻllaniladigan eng kam qiymatni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-3-14-5-79-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (Oʻ. Haqberdiyev) va xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Mirzayev) zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi B. BAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati, Navoiy sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-3-5-79-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.