XALQ DEPUTATLARI QIZILTEPA TUMANI KENGASHINING
qarori
Qiziltepa tumani hududida 2026-yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6, 162, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining tegishli moddalariga hamda tuman Soliq inspeksiyasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” loyihasi boʻyicha kiritgan taklifi muhokama etib, xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining tegishli moddalari, tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 13-dekabrdagi 16-18078-sonli xati hamda Soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari U. Pirmatovning axboroti maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2026-yilda Qiziltepa tumani hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar 1 gektar uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Qiziltepa tuman hududida jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 kv.m uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (N. Hayitov), tuman soliq inspeksiyasi (D. Murodov) hamda tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (J. Hojiyev)larga:
hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda tumanning kelgusi yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning bazaviy yer soligʻi stavkalarining mutloq miqdorlariga hamda yuridik shaxslarning mol-mulki va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan, yashashga moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun mol-mulk soligʻini hisoblashda belgilangan eng kam qiymatga nisbattan kamaytiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashiga 2026-yilning 20-dekabriga qadar keyingi soliq davri uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun soliq stavkalarini belgilangan tartibda soliq organlariga kiritsin.
5. Tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari (A. Umedov) hamda “Yangi Qiziltepa” gazetasi tahririyati (Sh. Shomurodov)ga:
tuman boʻyicha 2026-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi stavkalarini hamda mol-mulk soligʻini hisoblashda qoʻllaniladigan eng kam qiymat boʻyicha maʼlumotlarni “Yangi Qiziltepa” gazetasida hamda tuman hokimligining rasmiy veb saytida eʼlon qilsin.
6. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 6-yanvardagi “Qiziltepa tumani hududida 2025-yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-3-8-5-72-K/25-sonli qarori hamda xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 26-maydagi “Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2025-yil 6-yanvardagi “Qiziltepa tumani hududida 2025-yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslar boʻyicha mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-3-8-5-72-K/25-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi VII-7-62-5-72-K/25-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (N. Hayitov) hamda xalq deputatlari tuman Kengashining barcha doimiy komissiyalari zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi U. BOBOJONOV
Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani,
2026-yil 12-yanvar,
VII-17-2-5-72-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.