XALQ DEPUTATLARI TOMDI TUMANI KENGASHINING
qarori
Tomdi tuman boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 16, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 383, 412, 422, 429 va 437-moddalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-6121-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xati, 2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi (24-127593-sonli) xati, Tomdi tuman soliq inspeksiyasining 2025-yil 15-dekabrdagi 27-03336-sonli xati Tomdi tuman boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash hamda bildirilgan fikr va mulohazalarini inobatga olib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. 2026-yilda Tomdi tuman boʻyicha yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligida moʻljallanmagan yerlarini bazaviy soliq stavkasi mutlaq miqdori 1 gektar uchun 42,4 mln. soʻm, jismoniy shaxslar yerlarining 1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasi mutlaq miqdori 377,0 soʻm belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
tumanning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi stavkalari uchun 2026-yilda belgilangan koeffitsiyentlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori miqdori 2-ilovaga muvofiq;
2026-yil uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari tuman Kengashi mahalliy byudjet prognozlarini inobatga olib, 1 va 2-ilovaga asosan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarga nisbatan tegishli hududda joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 miqdorda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga ega.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashi tegishli hududda joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida yuridik va jismoniy shaxslar uchun 2026-yilda belgilangan yer soliq stavkalarini taqdim etilishini taʼminlasin.
5. Tuman hokimligi ushbu qaror bilan maʼqullangan Tomdi tuman boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Tamdi sharuageri” gazetasi hamda tuman hokimligining rasmiy veb saytida eʼlon qilsin.
6. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 18-yanvardagi Tomdi tuman boʻyicha 2025-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi stavkalarini hamda mol-mulk soligʻini hisoblashda qoʻllaniladigan eng kam qiymatni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VI-4-2-5-75-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tumanning hokimining birinchi oʻrinbosari (O. Madenov) va xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (T. Tishkanbayev) zimmalariga yuklansin.
Kengash raisi J. TURMAXANOV
Navoiy viloyati, Tomdi tumani,
2026-yil 10-yanvar,
VII-21-1-5-75-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.