09.01.2026 yildagi VII-16-4-5-77-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatirchi tuman boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412, 429, 437-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga asosan 2026-yil uchun Xatirchi tumanda belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslarni mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 2026-yilga yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash boʻyicha Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi A. Keldiyorovning 2025-yil byudjeti hamda mahalliy byudjeti daromadlar rejasining ijrosi tahlili hamda 2026-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning MFY kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilash toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq tuman uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 437-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar mustasno) boʻyicha mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi deputatlari yuqoridagi 1-2-ilovalar bilan belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga egaligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari U. Baxriddinov, tuman moliya iqtisod boʻlimi (O. Ernazarov), tuman soliq inspeksiyasi (A. Keldiyorov)larga 2026-yildagi budjet-soliq siyosatidagi oʻzgarishlar, soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Xatirchi hayoti” gazetasida rasman eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining xatirchi.uz rasmiy veb saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xatirchi tuman hokimligi devonxona mudiri (S. Nuriddinov) mazkur qaror nusxasini manfaatdor tashkilotlarga yuborish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiya (D. Eshnazarov) hamda tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi (A. Keldiyorov)lar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi U. ADIZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-4-5-77-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.