XALQ DEPUTATLARI G'OZG'ON SHAHAR KENGASHINING
qarori
Gʻozgʻon shahrida 2026-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasi, jismoniy shaxslar bazaviy soliq stavkalari, suv resurslaridan foydalanganlik soligʻi stavkasi, yer qaʼridan foydanilganlik uchun soliq stavkalarini belgilash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni, Soliq kodeksining 445, 452-moddalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar hamda Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining 2026-yil 9-yanvardagi “Navoiy viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-23-1-5-0-K/26-sonli Qaroriga asosan Gʻozgʻon shahri boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soliqlarini hisoblab chiqarishda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Gʻozgʻon shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” gi PF-6121-son Farmoni shuningdek, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining 2026-yil 9-yanvardagi “Navoiy viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-23-1-5-0-K/26-sonli Qaroriga muvofiq, shahar soliq inspeksiyasining 2026-yil uchun soliq stavkalariga kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda “Shaharda 2026-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasi, jismoniy shaxslar bazaviy soliq stavkalari, suv resurslaridan foydalanganlik soligʻi stavkasi, yer qaʼridan foydanilganlik uchun soliq stavkalari” boʻyicha takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Gʻozgʻon shahrida 2026-yil uchun:
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasi hamda Jismoniy shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalari boʻyicha soliq stavkasi mahallalar kesimida 1-ilovaga;
Suv resurslaridan foydalanganlik soligʻi stavkasi 2-ilovaga;
Yer qaʼridan foydanilganlik uchun soliq stavkasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari Gʻozgʻon shahar Kengashining 2025-yil 17-yanvardagi VII-3-3-5-210-K/25-sonli qarorining 1 va 2-ilovalari 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Gʻozgʻon shahar soliq inspeksiyasi (S. Raimov) tasdiqlangan soliq stavkalarini barcha soliq toʻlovchilarga soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti orqali yetkazilishini taʼminlasin.
5. Shahar hokimligi matbuot xizmati (U. Atoboyev) ushbu qarorni ommaviy axborot vositalarida yoritsin hamda shahar hokimligining rasmiy veb saytiga joylashtirsin.
6. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi N. JOʻRAYEV
Navoiy viloyati, Gʻozgʻon shahri,
2026-yil 9-yanvar,
VII-16-1-5-210-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.