12.01.2026 yildagi VII-23-6-5-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatida 2026-yil davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2025-yil 23-iyundagi PF-98-sonli Farmoni ijrosi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 23-iyuldagi 01/26-18/652-sonli xati, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obʼektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasining 2025-yil 12-dekabrdagi 2220/01-02/13-sonli xati, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 23-dekabrdagi 01-12/20-04-32/1147-sonli xati, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasining 2025-yil 25-dekabrdagi 2324/01-02/16-sonli xati, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosarining 2025-yil 30-dekabrdagi 621/16-26-sonli bildirigisi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi A. Sharipovning viloyatda 2026-yil davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi axboroti hamda bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, hududlardagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini takomillashtirish, ekologik hamda sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida, xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2025-yil 23-iyundagi PF-98-sonli Farmoni ijro uchun, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi A. Sharipovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy shahri hududida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2026-yilda 1 kv. metr uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari (iqtisodiy sohalar va tarmoqlar boʻyicha) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarafshon, Gʻozgʻon shaharlari va tumanlarida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2026-yilda 1 kv. metr uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari (iqtisodiy sohalar va tarmoqlar boʻyicha) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi (Sh.Raubayeva) mazkur qarorni “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя друбжы” gazetalarida eʼlon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (R. Sulaymonov) hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Isoqov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi J. HAMRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-23-6-5-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.