XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
qarori
Navoiy viloyati hududidagi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun toʻlov tariflarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʻsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5-sonli Farmoni, viloyat Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasining 2025-yil 16-dekabrdagi 02/884-sonli xati, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 15-dekabrdagi 01-12/20-11-38/3356-sonli xulosasi, viloyat hokimi oʻrinbosarining 2025-yil 19-dekabrdagi 600/16-26-sonli bildirgi xati, viloyat hokimi oʻrinbosari A. Niyozovning viloyat hududida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun toʻlov tariflarini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi axboroti hamda bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, hududlardagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini takomillashtirish, ekologik hamda sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida, xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʻsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-5-sonli Farmoni maʻlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Navoiy viloyati hududidagi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun toʻlov tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi (N. Boltayev), viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi (N. Safoyev), viloyat Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi (Z. Azimov) shahar va tumanlar hokimliklari fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
4. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (Sh. Jumayev), Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish Agentligining Navoiy viloyat boshqarmasi (Sh. Gʻaybulloyev), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi viloyat boshqarmasi (N. Toshev) bilan birgalikda mazkur Kengash qarori bilan tasdiqlangan viloyat hududlarida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflarini oʻrnatilgan tartibda qoʻllab borilishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borsin.
5. Viloyat hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi (Sh. Raubayeva), viloyat teleradiokompaniyasi (A. Mukimov), “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalari tahririyati davlat korxonasi (B. Umarov)ga olib borilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 2025-yil 1-fevraldagi VII-5-10-5-0-K/25-sonli qarorining 1-ilovasi, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 2025-yil 5-iyundagi VII-13-69-5-0-K/25-sonli qarori hamda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 2025-yil 5-iyundagi VII-13-70-5-0-K/25- sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingandan boshlab, 15 kundan soʻng kuchga kiradi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimi oʻrinbosari (A. Niyozov) hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Isoqov) va agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Jalilov) lar zimmalariga yuklatilsin.
Sessiya raisi J. HAMRAYEV
Navoiy viloyati,
2026-yil 12-yanvar,
VII-23-5-5-0-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.