XALQ DEPUTATLARI NAVBAHOR TUMANI KENGASHINING
qarori
Navbahor tuman boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 162, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 383, 412, 422, 429 va 437-moddalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-6121-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xati, 2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash, Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi (24-127593-sonli) xati, Navbahor tuman soliq inspeksiyasining 2025-yil 11-dekabrdagi (01/12232-sonli) xatiga asosan, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 2026-yil 9-yanvardagi “Navoiy viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-23-1-5-0-K/26-sonli qarorini inobatga olgan holda, Navbahor tuman boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash hamda bildirilgan fikr va mulohazalarini inobatga olib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. 2026-yilda Navbahor tumani boʻyicha yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligida moʻljallanmagan yerlarini bazaviy soliq stavkasi mutlaq miqdori 1 gektar uchun 50,8 mln. soʻm, jismoniy shaxslar yerlarining 1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasi mutlaq miqdori 377,0 soʻm belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
shaharlar va tumanlarning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha 2026-yilda Navbahor tumani uchun mutlaq miqdorda belgilangan yer soligʻining bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
shaharlar va tumanlarning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) 2026-yilda viloyat uchun mutlaq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksining 445-moddasi bilan oʻrnatilgan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq;
2026-yil uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksining 452-moddasi bilan oʻrnatilgan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari mahalliy byudjet prognozlarini inobatga olib, 1 va 2-ilovaga asosan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarga nisbatan tegishli hududda joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 miqdorda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga ega.
4. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tegishli hududda joylashgan daha,mavze, mahalla, koʻcha kesimida yuridik va jismoniy shaxslar uchun 2026-yilda belgilangan yer soliq stavkalarini taqdim etilishini taʼminlasin.
5. Shahar hokimligi ushbu qaror bilan maʼqullangan Navbahortumanboʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Navbahor tongi” gazetasi hamda tuman hokimligining rasmiy veb saytida eʼlon qilsin.
6. Xalq deputatlari shahar Kengashining 2025-yil 28-dekabrdagi Navbahor tumani boʻyicha 2025-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi stavkalarini hamda mol-mulk soligʻini hisoblashda qoʻllaniladigan eng kam qiymatni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VI-3-037-5-73-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tumanning hokimining birinchi oʻrinbosari (M. Jumaboev) va xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (T. Abdiyev) zimmalariga yuklansin.
Sessiya raisi Z. QUDRATOV
Navoiy viloyati, Navbahor tumani,
2026-yil 9-yanvar,
VII-16-1-5-73-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.