09.01.2026 yildagi VII-17-1-5-71-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KARMANA TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karmana tuman boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga muvofiq qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkasi respublika hududlari kesimida 1 kv.metr va 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun shahar va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, yer soligʻi stavkasiga 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilashi koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda soliq inspeksiyasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning 2026-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer soligʻi stavkalari, uchun kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar yuzasidan takliflar ishlab chiqilganligi inobatga olinib, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga asosan 2026-yilda tuman boʻyicha yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligida moʻljallanmagan yerlarini bazaviy soliq stavkasi mutloq miqdori 1 gektar uchun 55 120 000 soʻm, jismoniy shaxslar yerlarining 1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasi mutloq miqdori 377,0 soʻm qiymati maʼqullanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (U. Rustamov), tuman soliq inspeksiyasi (A. Axmedov)ning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda tumanning kelgusi yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib tuman boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning bazaviy yer soligʻi stavkalarining mutloq miqdorlariga hamda yuridik shaxslarning mol-mulki va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan, yashashga moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun mol-mulk soligʻini hisoblashda belgilangan eng kam qiymatga nisbattan kamaytiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumanning iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, Karmana tumandagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi stavkalari uchun 2026-yilda belgilangan koeffitsiyentlar 1-ilovaga, 2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 2-ilovaga, 2026-yil uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Karmana ovozi” gazetasi tahririyati gazetasi (A. Djurayev), tuman hokimligi axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (J. Musayev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman boʻyicha 2026-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi stavkalarini hamda mol-mulk soligʻini hisoblashda qoʻllaniladigan eng kam qiymat boʻyicha maʼlumotlarni “Karmana ovozi” gazetasida hamda tuman hokimligining rasmiy veb saytida eʼlon qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 17-yanvar 2025-yil VII-17-3-2-5-71-K/25-sonli va 2025-yil 10-fevral VII-5-14-5-71-K/25-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari va xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi M. URALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati, Karmana tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-1-5-71-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.