09.01.2026 yildagi VII-23-1-5-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 412, 422, 429 va 437-moddalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-6121-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligining 2025-yil 17-dekabrdagi 03/41-4-28285-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli xatlari, 2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash, viloyat soliq boshqarmasining 2025-yil 9-dekabrdagi 20/26-81145-sonli xati Navoiy viloyati boʻyicha 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsentlar, mutlaq miqdor summalarini tasdiqlash va viloyat soliq boshqarmasi boshligʼi V.Rajabovning axboroti hamda bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2026-yilda Navoiy viloyatida boʻyicha yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligida moʻljallanmagan yerlarini bazaviy soliq stavkasi mutlaq miqdori 1 gektar uchun 42,4 mln.soʻm, jismoniy shaxslar yerlarining 1 kv.m uchun bazaviy soliq stavkasi mutlaq miqdori 377,0 soʻm hamda yuridik shaxslarning mol-mulki va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan, yashashga moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun mol-mulk soligʻini hisoblashda 1 kv.metr uchun eng kam qiymati tumanlarda 1 390 000 soʻm belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlarning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha 2026-yilda Navoiy viloyati uchun mutlaq miqdorda belgilangan yer soligʻining bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlarning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallagan yerlardan tashqari) 2026-yilda viloyat uchun mutlaq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulki va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan, (tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari) uchun mol-mulk soligʻini hisoblashda 2026-yilda 1 kv.metr uchun belgilangan eng kam qiymatiga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyent miqdorlari 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha Soliq kodeksi bilan oʻrnatiladigan soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari mahalliy byudjet prognozlarini inobatga olib, 1 va 2-ilovaga asosan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarga nisbatan tegishli hududda joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 miqdorda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tegishli hududda joylashgan daha,mavze, mahalla, koʻcha kesimida yuridik va jismoniy shaxslar uchun 2026-yilda belgilangan yer soliq stavkalarini taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat hokimligi ushbu qaror bilan maʼqullangan Navoiy viloyati boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar uchun ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsentlar, mutlaq miqdor summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalari hamda viloyat hokimligining rasmiy veb saytida eʼlon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 17-yanvardagi Navoiy viloyati boʻyicha 2025-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi stavkalarini hamda mol-mulk soligʻini hisoblashda qoʻllaniladigan eng kam qiymatni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-4-3-5-0-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (R. Sulaymonov) va xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Isoqov) zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi J. HAMRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-23-1-5-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.