30.12.2025 yildagi VII-21-127-7-94-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JOMBOY TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Jomboy tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-5-031-7-94-K/24-sonli qarorining ilova qismiga oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabr “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 402-sonli qarorini ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi budjet kodeksining 127-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabr “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 402-sonli qaroriga asosan tumandagi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini mahalla jamgʻarmasiga oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun 1 518 097,0 (bir milliyard besh yuz oʻn sakkiz million toʻqson yetti ming) soʻm mablagʻ zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Jomboy tumani boʻlimi tasarrufidagi mahallalarning “Mahalla jamgʻarmasi”ga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun Samarqand viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda, xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-5-031-7-94-K/24-sonli qarorining 1-ilovasidagi 8-bandi hamda 2-ilovasidagi 9-bandlari tuman mahalliy budjeti hisobidan Jomboy tumani mahalliy budjetining 2025-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlarini 1 518 097,0 (bir milliyard besh yuz oʻn sakkiz million toʻqson yetti ming) soʻm ilovaga muvofiq oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jomboy tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (D.Samatov) Jomboy tumani mahalliy budjetining 2025-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (A.Toshpulatov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengash raisi NAZAROV XURSHID ARIPOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Jomboy tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-21-127-7-94-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.