XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Nurobod tumanining 2025-yil IV chorak mahalliy byudjeti daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 127-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi yettinchi chaqiriq, oʻn oltinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qaroriga asosan tumandagi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini mahalla jamgʻarmasiga oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun 835 751,0 ming (sakkiz yuz uttiz besh million yetti yuz ellik bir ming) soʻm mablagʻ zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Nurobod tumani boʻlimi tasarrufidagi mahallalarning “Mahalla jamgʻarmasi”ga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun Samarqand viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda, xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-3-020-7-99-K/24-son qarori 1-ilovasidagi 8-bandi hamda 2-ilovasidagi 9-bandlari tuman mahalliy byudjeti hisobidan Nurobod tumani mahalliy byudjetining 2025-yil IV chorak daromadlari va xarajatlarini 835 751,0 ming (sakkiz yuz uttiz besh million yetti yuz ellik bir ming) soʻm ilovaga muvofiq oshirilsin.
3. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (Gʻ.Musurmanov) Nurobod tumani mahalliy byudjetining 2025-yil IV chorak daromadlari va xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.Suyarov) va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (R.Ibragimov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi BURANOV MAXSUD ERKINOVICH
Samarqand viloyati, Nurobod tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-16-129-7-99-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.