30.12.2025 yildagi VII-19-157-7-100-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI Payariq TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Payariq tumanining 2025-yil 4-chorak mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 127-moddasiga asosan, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oʻn toʻqqizinchi sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-sonli qaroriga asosan tumandagi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini mahalla jamgʻarmasiga oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun 2 187 536,0 ming (Ikki milliard bir yuz sakson yetti million besh yuz oʻttiz olti ming ) soʻm mablagʻ zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Payariq tumani boʻlimi tasarrufidagi mahallalarning “Mahalla jamgʻarmasi”ga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun Samarqand viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda, Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-2-019-7-100-K/24-sonli qarori 1-ilovasidagi 7-bandi hamda 2-ilovasidagi 9-bandidagi “Mahalla budjeti jamgʻarmasi mablagʻlari” pozisiyasi Payariq tuman mahalliy budjetining 2025-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlarini 2 187 536,0 ming (Ikki milliard bir yuz sakson yetti million besh yuz oʻttiz olti ming) soʻm 1-ilovaga muvofiq oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (A.Umirov) Payariq tumani mahalliy budjetining 2025-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Maxammatov) va ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Sh.Eshonqulov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi XUDAYBERDIYEV SHUNKOR FARMONOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Payariq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-19-157-7-100-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.