24.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3080-2
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 24-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3080-2]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/14-son qarori (roʻyxat raqami 3080, 2018-yil 25-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 10/18/3080/2114-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raisning birinchi oʻrinbosari N. SAYDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 5-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37/4-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-yanvardagi 37/4-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan bank tizimi likvidligini tartibga solish hamda pul-kredit siyosati foiz instrumentlari samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bank obligatsiyalarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va soʻndirish tartibini belgilaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“valyuta birjasi — chet el valyutasi, davlat qimmatli qogʻozlari, moliyaviy hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bogʻliq boshqa birja bitimlari boʻyicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini hamda Markaziy bankning tijorat banklari, shu jumladan, mikromoliya banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) bilan amalga oshiriladigan kredit va depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tizimi — obligatsiyalar boʻyicha elektron savdolar tashkillashtirilishini taʼminlovchi valyuta birjasining avtomatlashtirilgan elektron tizimi;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy kliring markazi — obligatsiyalar boʻyicha kliring, markazlashgan kliringni amalga oshiruvchi va markaziy kontragent sifatida faoliyat yurituvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) — depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi tashkilot;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bosh bitim — Markaziy bank bilan banklar, shuningdek banklar bilan valyuta birjasi, Markaziy depozitariy va Milliy kliring markazi oʻrtasida tuziladigan, obligatsiyalar boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning umumiy shartlari va tartibini belgilovchi oʻzaro harakat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diler — Bosh bitim asosida obligatsiyalar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilardagi “tijorat banklari” degan soʻzlar “banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn uchinchi xatboshidagi “tijorat banklarining” degan soʻzlar “banklarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“REPO bitimi — bitim shartlari bilan belgilangan muddat va bahoda obligatsiyalarni qayta sotib olish (sotish) (REPO bitimining ikkinchi qismi) sharti bilan sotish (sotib olish) (REPO bitimining birinchi qismi) boʻyicha ikki tomonlama bitim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 3-band “garov taʼminoti va” degan soʻzlardan keyin “dilerlar oʻrtasida tuziladigan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 5-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Global sertifikat ikkita asl nusxada rasmiylashtiriladi, bir nusxasi Markaziy bankda, ikkinchi nusxasi Markaziy depozitariyda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Global sertifikat rasmiylashtirilgandan soʻng Markaziy bank Markaziy depozitariyga obligatsiyalarni joylashtirish uchun moʻljallangan emissiyaviy depo hisobvaragʻiga muomalaga chiqarilayotgan obligatsiyalarning toʻliq hajmini joylashtirish boʻyicha topshiriq beradi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 6-bandning toʻrtinchi — yettinchi xatboshilaridagi “muddatga” degan soʻz “muddatgacha” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Obligatsiyalar boʻyicha barcha operatsiyalar valyuta birjasi tomonidan ishlab chiqilgan birja savdolarini oʻtkazish qoidalariga muvofiq savdo tizimi orqali amalga oshiriladi, bundan mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan operatsiya mustasno.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 10-bandning birinchi xatboshisidagi va 22-banddagi “tijorat banklari” degan soʻzlar “banklar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“101. Markaziy bank obligatsiyalarni ikkilamchi savdolarda oldi-sotdi qilish uchun oʻzining emissiyaviy depo hisobvaragʻidan depo hisobvaragʻiga oʻtkazish orqali joylashtiradi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha auksion savdolari shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar auksion savdosi oʻtkaziladigan kundan kamida 1 ish kuni oldin Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi, bundan banklardagi kutilmagan likvidlik tebranishlarini barqarorlashtirish maqsadida oʻtkaziladigan auksion savdolari mustasno.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 18-banddagi “tijorat banklari” va “tijorat bankidan” degan soʻzlar tegishli ravishda “banklar” va “bankdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 23-banddagi va 25-bandning birinchi xatboshisidagi “tijorat banklarining” degan soʻzlar “banklarning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“28. Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida auksion savdolari natijalariga koʻra xarid qilingan va mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan qoidaga muvofiq joylashtirilgan obligatsiyalar boʻyicha dilerlar oʻrtasida oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 30-band “qoidalariga muvofiq” degan soʻzlardan keyin “markaziy kontragent ishtirokida yoki markaziy kontragent ishtirokisiz” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“36. Har bir birja bitimi tuzilganda savdo tizimi uni roʻyxatga oladi, unga roʻyxatga olish raqamini biriktiradi va savdo ishtirokchilariga birja bitimlari reyestridan koʻchirma taqdim etadi. Shuningdek, savdo tizimi birja bitimlari reyestrini Milliy kliring markaziga savdo ishtirokchilarining talab va majburiyatlarini aniqlashtirish maqsadida taqdim qiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 39-banddagi “valyuta birjasida” degan soʻzlar “Markaziy depozitariyda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 40 — 42-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“40. Obligatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar birja bitimlari reyestri asosida shakllantirilgan kliring topshiriqnomasiga muvofiq quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy kontragent ishtirokida tuzilgan bitimlar boʻyicha Milliy kliring markazi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy kontragent ishtirokisiz tuzilgan bitimlar boʻyicha Markaziy depozitariy yoki Markaziy bank tomonidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Obligatsiyalarning sotib oluvchining depo hisobvaragʻiga oʻtkazilishi va pul mablagʻlarining sotuvchining hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishi “yetkazib berishga nisbatan toʻlov” (delivery versus payment — DVP) tamoyillari asosida amalga oshiriladi, bundan mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan operatsiya mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 101-bandida belgilangan qoidaga muvofiq obligatsiyalarni Markaziy bankning emissiyaviy depo hisobvaragʻidan oʻzining depo hisobvaragʻiga oʻtkazish orqali joylashtirish pul mablagʻlarini oʻtkazmagan holda (free of payment — FOP) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Obligatsiyalarni sotib oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi amalga oshirilgandan soʻng egalik huquqi beriladi va depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 46-banddagi “Valyuta birjasi” va “depo” hisobvaragʻidagi” degan soʻzlar “Markaziy depozitariy” va “depo hisobvaragʻidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 47-banddagi “valyuta birjasining Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazidagi alohida” degan soʻzlar “Markaziy depozitariyning Markaziy bankda ochilgan vakillik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 48 va 49-bandlardagi “Valyuta birjasi” degan soʻzlar “Markaziy depozitariy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 50-band “keyingi ish kunida” degan soʻzlardan keyin “yoki muddatidan oldin” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 51 va 52-bandlar quyida tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51. Markaziy bank obligatsiyalarni soʻndirish uchun ularning toʻliq hajmini nominal qiymatda sotib olish boʻyicha savdo tizimiga buyurtma kiritadi yoki Markaziy depozitariyga soʻndirilishi lozim boʻlgan obligatsiyalarni hisobga olish uchun topshiriq beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Markaziy bankning soʻndirilgan obligatsiyalari Markaziy depozitariy tomonidan Markaziy bankning emissiyaviy depo hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026 y., 10/26/3080-2/2075-son)