29.12.2025 yildagi VII-22-165-5-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatining 2026-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi, Budjet kodeksining 27, 99-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida” 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2025-yil 20-oktabrdagi 02-1515-sonli va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 25-dekabrdagi 01/57-1-29241-sonli, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasining 2025-yil 25-dekabrdagi xatlari, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Sh.Jumayevning axboroti hamda bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetitoʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga (keyingi oʻrinlarda — Qonun deb ataladi) muvofiq, Navoiy viloyati viloyat mahalliy budjetining 2026-yil uchun budjet daromadlari4 095,6 mlrd. soʻm, xarajatlari 4 199,2 mlrd. soʻm, respublika budjetidan ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar 103,6 mlrd. soʻm shundan, aksiz soligʻi tushumlari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar 103,6 mlrd. soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2026-yil uchun Navoiy viloyatini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va 2027-2028-yillarga maqsadli moʻljallar 1-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatining viloyat budjetidaromadlarining soliq turlari kesimida 2026-yildagi asosiy prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yilgi viloyat mahalliy budjetidan budjet tashkilotlari va mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun tumanlar va shaharlar budjetlariga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar meʼyorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ajratmalar normativlari boʻyicha viloyat mahalliy budjeti bilan tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining taqsimotini oʻrnatilgan tartibda Navoiy viloyati boʻyicha Gʻaznachilik xizmati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shahar va tumanlar mahalliy budjetining 2026-yilgi daromadlari va xarajatlarining chegaraviy hajmi shuningdek, respublika budjetidan (aksiz soligʻi tushumlari hisobidan) hamda viloyat budjetidan tuman va shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorini tuman va shahar mahalliy budjetlari daromadlari prognozi ijrosidan qatʼiy nazar kamaytirishga yoʻl qoʻyilmasligi Qonunda belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2026-yil uchun viloyatning viloyat budjeti zaxira jamgʻarmasi hajmlari 23,3 mlrd. soʻm miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar budjetlarining 2025-yil uchun zaxira jamgʻarmalari tegishli budjetlar tasdiqlangan umumiy xarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamgʻarmalari ushbu mexanizmlar joriy etilgan yildan oldingi yildagi hajmdan kam boʻlmagan miqdorlarda shakllantiriladi hamda qoʻshimcha mablagʻlarni shakllantirish tegishincha yuqori turuvchi budjetlarning zaxira jamgʻarmalari mablagʻlarini kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Navoiy viloyati viloyat budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarini ijro etish chogʻida yuqori turuvchi budjetdan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning miqdorlari oshgan taqdirda, tegishlibudjetlarining zaxira jamgʻarmalarining tegishli miqdorlari qayta koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati mahalliy budjetihamda shahar va tumanlari budjetlarida yoʻl qoʻyiladigan eng kam mablagʻlar miqdori 6-ilovaga muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonun bilan 2026-yilda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliybudjetlarni boshqarishda, xususan mahalliy budjet xarajatlarini hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash boʻyicha vakolatlari kengaytirilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2026-yilda quyidagi soliq turlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman (shahar) budjetlariga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadigan daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanmadan olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (bundan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi (bundan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini ijaraga berishdan tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan daromadlar turlari qoʻllanilganda, tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari xarajatlaridan koʻp boʻlgan taqdirda, xalq deputatlari viloyat Kengashi yuqori turuvchi budjetga ajratmalarni nazarda tutishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) viloyatning viloyat budjeti daromadlari viloyat mahalliy budjetiga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tamaki mahsulotlari (import orqali kirgan mahsulotlardan tashqari) uchun aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar, tegishincha oʻtgan moliya yilining 1-iyul holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasidan olingan Navoiy viloyati aholisining soni tuman va shaharlar aholi soni ulushiga muvofiq, bunda daromadlar Navoiy viloyatining viloyat budjeti boʻyicha prognozning bajarilmagan qismi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi, daromadlar boʻyicha prognozning oshirib bajarilgan qismi esa respublika budjeti ixtiyorida qolishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soliqlar viloyat mahalliy budjetiga quyidagi ulushlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan tushgan tushumlarning (jismoniy shaxslar mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan toʻlaydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan tashqari) Navoiy viloyati budjeti ixtiyorida 66 foiz qolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda soligʻidan tushgan tushumlarning (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning toʻlov manbaidan ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soligʻidan tashqari) Navoiy viloyatibudjeti ixtiyorida 67 foiz qolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻidan tushgan tushumlarning (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq yirik soliq toʻlovchilardan tashqari) viloyatda 20 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivo (import qilinadigan alkogol mahsulotlari va pivodan tashqari) uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan toʻlanadigan aksiz soligʻining 30 foizi oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qonunchilikda belgilangan miqdorlarda quyidagi daromadlar respublika va viloyat mahalliy budjeti oʻrtasida taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat bojlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarimalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat aktivlarini sotishdan tushadigan tushumlar tegishli ravishda obyektjoylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetilariga va viloyat budjetiga teng ulushlarda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi tushumlarining kamida 50 foizi (bundan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno) tuman va shaharlar mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (Sh. Jumayev) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetidan Navoiy viloyatining viloyat budjetiga oʻtkazib beriladigan daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 50 foizi viloyat budjetiga qolgan 50 foizi2025-yil 1-dekabr holatiga statistika organlaridan olingan tuman (shahar)lar aholisidagi ulushiga muvofiq tuman (shahar)lar budjetlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlaridan tushgan soliqlar boʻyicha viloyat budjetiga oʻtkazilgan mablagʻlarni ushbu sohadagi hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash uchun mazkur bozorlar joylashgan tuman (shahar)lar budjetlariga toʻliq oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq deputatlari viloyat Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli darajadagi mahalliy budjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi daromadlarni hamda budjetlararo transfertlarni taqsimlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablagʻlarning bir qismini tumanlar va shaharlar budjetlariga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun berilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 8-ilovasi 1-bandida belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab 2,0 (ikki) gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tuman hamda shaharlarning ommaviy dam olishga va (yoki) turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha oʻsib boruvchi koeffitsiyentlarni joriy etishga haqliligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga muvofiq berilgan vakolatlardan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar viloyat mahalliy budjeti va shahar (tuman)lar budjetlari oʻrtasida taqsimlansin. Jumladan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat mahalliy budjetiga qoʻshilgan qiymat soligʻidan tushgan tushumlarning viloyatdagi 20 foiz miqdoridagi ulushi viloyat budjeti hamda shahar va tumanlar budjetlari oʻrtasida Karmana tumaniga 18 foiz, Navoiy shahriga 34 foiz, Qiziltepa, Tomdi, Xatirchi tumanlariga 50 foiz, Zarafshon va Gʻozgʻon shaharlariga hamda Navbahor, Nurota, Konimex, Uchquduq tumanlariga 100 foiz miqdorida (yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat mahalliy budjetiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan tushgan tushumlarning 66 foiz miqdoridagi ulushi viloyat budjeti hamda shahar va tumanlar budjetlari oʻrtasida Navoiy shahriga 2 foiz, Karmana tumaniga 5 foiz, Tomdi tumaniga 20 foiz, Xatirchi tumaniga 50 foiz, Qiziltepa tumaniga 55 foiz, Konimex tumaniga 62 foiz, Zarafshon shahriga 95 foiz, Gʻozgʻon shahar va Navbahor, Nurota, Uchquduq tumanlariga 100 foiz miqdorida (yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat mahalliy budjetiga foyda soligʻidan tushgan tushumlarning viloyati budjeti ixtiyoridagi 67 foiz miqdoridagi ulushi viloyat budjetihamda shahar va tumanlar budjetlarioʻrtasida Tomdi tumaniga 20 foiz, Qiziltepa tumaniga 30 foiz, Zarafshon shahriga va Nurota, Konimex, Xatirchi tumanlariga 50 foiz, Gʻozgʻon shahriga va Navbahor, Uchquduq tumanlariga 100 foiz miqdorida (yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) budjetga taqsimlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar viloyat mahalliy budjeti va shahar (tuman)lar budjetlariga oʻtkazilsin. Jumladan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomdi tumanida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq mahalliy budjet daromadining xarajatidan yuqori boʻlganligini inobatga olib, ushbu soliq tushumining 90 foizi Tomdi tumani mahalliy budjetiga, 10 foizi viloyat budjetiga (yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda transfertdan chiqarish uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni oxirgi isteʼmolchiga realizatsiya qilishda toʻlanadigan aksiz soligʻi boʻyicha toʻlovning 50 foizi Nurota, Konimex tumanlariga, 70 foizi Qiziltepa tumaniga va 100 foizi Zarafshon shahar hamda Navbahor, Xatirchi, Uchquduq tumanlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat mahalliy budjeti oʻrtasida taqsimlanadigan davlat boji toʻlovining 25 foizi Tomdi tumaniga, 29 foizi Qiziltepa tumaniga, 51 foizi Navbahor tumaniga, 55 foizi Xatirchi tumaniga, 60 foizi Zarafshon shahriga, 100 foizi Gʻozgʻon shahar va Nurota, Konimex, Uchquduq tumanlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat mahalliy budjeti oʻrtasida taqsimlanadigan yigʻim toʻlovining 25 foizi Tomdi tumaniga, 29 foizi Qiziltepa tumaniga, 50 foizi Navbahor tumaniga, 56 foizi Xatirchi tumaniga, 66 foizi Zarafshon shahriga, 100 foizi Gʻozgʻon shahar va Nurota, Konimex, Uchquduq tumanlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat mahalliy budjeti oʻrtasida taqsimlanadigan jarima toʻlovining 25 foizi Tomdi tumaniga, 28 foizi Qiziltepa tumaniga, 50 foizi Navbahor tumaniga, 55 foizi Xatirchi tumaniga, 65 foizi Zarafshon shahriga, 100 foizi Gʻozgʻon shahar va Nurota, Konimex, Uchquduq tumanlariga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ulushi boʻyicha dividendlar, soliqsiz va boshqa daromad toʻlovlari viloyat budjeti ixtiyorida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (R. Sulaymonov), viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (Sh. Jumayev), soliq boshqarmasi (S. Nazarov) tuman (shahar) hokimliklari hamda masʼul boshqarma va tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat va dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlarini rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetining prognoz koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va samarali bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va masʼuliyatni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mahalliy budjetlarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushumini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet daromadlar bazasini oshirish va qoʻshimcha rezervlarni aniqlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Viloyat soliq boshqarmasi (S. Nazarov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlarning toʻliq va toʻgʻri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni oʻz vaqtida budjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini kuchaytirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha soliq turlaridan doimiy tahlillar oʻtkazgan holda, soliqlarni toʻliq hisoblanishini hamda ushbu soliq toʻlovlari boʻyicha soliq qarzdorligiga yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi bilan birgalikda viloyatda mavjud soliq toʻlovchilarning mol-mulklari maydonlarini chuqur tahlil etgan holda ushbu mol-mulklarga nisbatan soliqlarning toʻliq hisoblanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanmadan soliq turi boʻyicha soliq toʻlovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazorati oʻrnatilishini hamda kameral soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur yoʻnalishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga xarid chekini talab qilib olishni targʻib etuvchi ijtimoiy roliklar hamda video materiallar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Viloyat soliq boshqarmasi (S. Nazarov) Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi Navoiy mintaqaviy inspeksiyasi hamda tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallarini qazib olish sohasida noqonuniy faoliyat olib borayotgan karyerlarni aniqlash boʻyicha xatlovlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov natijalari boʻyicha aniqlangan noqonuniy faoliyat olib borayotgan karyerlar faoliyatini qonuniylashtirish hamda ularni soliq bazasiga qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallarini qazib olish sohasida faoliyat olib borayotgan karyerlar tomonidan qazib olinayotgan noruda qurilish materiallar hajmining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirish ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan karyerlarning qazib olish hajmlarini doimiy tahlil qilib borish hamda zarur hollarda qazib olish hajmlarini aniqlashda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan “marksheyderlik” xizmatlaridan foydalanish lozimligi alohida belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha mavjud soliq qarzdorliklarini budjetgaundirish yuzasidan hamda choraklar yakuni bilan soliq qarzdorliklarining chorak boshiga nisbatan kamayib borishi boʻyicha barcha kompleks chora-tadbirlarni koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman va shahar hokimliklari jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari boʻyicha joriy hisoblangan soliqlarni hamda ushbu soliqlardan mavjud soliq qarzdorliklarini undirish yuzasidan soliq organlariga amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi (N. Atajanov) Boʻsh turgan obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi (A. Sharipov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini aniqlash boʻyicha xatlov ishlarini samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov natijalariga koʻra viloyatda mavjud boʻsh turgan davlat mulki obyektlari roʻyxatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllantirilgan roʻyxatga asosan boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini ijaraga berish yoki sotish boʻyicha tegishli takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini ijaraga berish yoki sotish boʻyicha ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida roliklar va video-materiallar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilishi moʻljallangan boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini "e-auksion" elektron savdo platformasi orqali sotish ishlarini tashkillashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi (N. Atajanov), viloyat soliq boshqarmasi (S. Nazarov), viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (Sh. Jumayev) davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan 2026-yilning 1-iyuliga qadar 2025-yil yakunlari boʻyicha oʻz sof foydasining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdoridagi ajratmalar va davlat ulushi boʻyicha dividendlarni 2026-yilning 1-sentabridan kechiktirmay tegishli darajadagi budjetlarga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Viloyat soliq boshqarmasi (S. Nazarov), Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi (A. Muhammadiyev) tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda tashqi reklama obyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazgan holda, ushbu tashqi reklama obyektlari boʻyicha shartnomalar tuzish choralarini koʻrsin hamda ushbu shartnomalar boʻyicha yigʻimlarni budjetga toʻlanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19.Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi (O. Sadinov), viloyat soliq boshqarmasi (S. Nazarov) tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda viloyatda sugʻorishga sarflanayotgan suv hajmlari boʻyicha aniq hisob-kitoblar yuritgan holda mazkur isteʼmol hajmlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni toʻliq hisoblanishini hamda moliya yili yakuniga qadar mahalliy budjetlarga toʻliq undirib olish boʻyicha tizimli ishlarni olib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan isteʼmol qilinayotgan suv resurslari hajmlari va ushbu hajmlar boʻyicha hisoblanayotgan suv soliqlari boʻyicha doimiy tahlillar oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi (A. Tasbayev), viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hisoblangan boj, jarima va yigʻimlarni oʻz vaqtida oʻrnatilgan tartibda budjetga undirish choralarini koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (N. Toshev) viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi hamda sogʻliqni saqlash boshqarmalarining ichki audit xizmatlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet intizomiga qatʼiy rioya etilishi ustidan doimiy monitoring ishlarini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet intizomini buzish holatlari boʻyicha har chorak yakuni bilan xalq deputatlari viloyat Kengashiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari yakuni boʻyicha kamomad va noqonuniy oʻzlashtirishga yoʻl qoʻygan soha rahbarlarining hisoboti har chorakda eshitib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hokimlik tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida budjet qonunchiligiga toʻliq rioya etilgan holda Kengash qarori loyihasini ishlab chiqilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarori asosida mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablagʻlarni samarali va maqsadli foydalanishi ustidan nazorat oʻrnatishga, natijalari boʻyicha tavsiyalar berishga, monitoring qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet xarajatlarining qonunchilikda belgilangan qismining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishiga hamda ushbu mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirishga masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (R. Sulaymonov), xalq deputatlari viloyati Kengashi kotibiyati, tuman va shahar hokimliklari, tegishli boshqarma boshliqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet daromad va xarajatlarining prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi hamda soliq bazasini kengaytirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishi yuzasidan erishilgan natijalar boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bir chorakda kamida bir marotaba hisobot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Viloyat hokimligi Qonunda belgilangan ayrim soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur qaror “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalarida rasmiy eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu qaror 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (R. Sulaymonov) va xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Isoqov) zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi Gʻ. ALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-22-165-5-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.