XALQ DEPUTATLARI PASTDARGʻOM TUMANI KENGASHINING
Qarori
Pastdargʻom tumanining 2025-yil 4-chorak mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining 127-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Pastdargʻom tumani Kengashining yigirmanchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qaroriga asosan tumandagi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini mahalla jamgʻarmasiga oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun 2 204 000,0 (ikki milliard ikki yuz toʻrt million) ming.soʻm mablagʻ zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Pastdargʻom tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-3-014-7-101-K/24-son qarori 1-ilovasidagi 8-bandi hamda 2-ilovasidagi 9-bandlari tuman mahalliy budjeti hisobidan Pastdargʻom tuman mahalliy budjetining 2025-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlarini 2 204 000,0 (ikki milliard ikki yuz toʻrt million) ming.soʻm 1-ilovaga muvofiq oshirilsin.
3. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (U.Maxmanazarov)ga Pastdargʻom tuman mahalliy budjetining 2025-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Pastdargʻom tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi B.Ochilov va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari - tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi J.Pardayev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi RAXMANOV SHERZOD SHUXRATOVICH
Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani,
2025-yil 29-dekabr,
VII-20-135-7-101-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.