XALQ DEPUTATLARI PAXTACHI TUMANI KENGASHINING
Qarori
Paxtachi tumanining 2025-yil 4-chorak mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining 127-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining yettinchi chaqiriq chaqiriq oʻn toʻqqizinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qaroriga asosan tumandagi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini mahalla jamgʻarmasiga oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun 657834,0 (olti yuz ellik yetti million sakkiz yuz oʻttiz toʻrt) ming soʻm mablagʻ zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi Paxtachi tumani boʻlimi tasarrufidagi mahallalarning “Mahalla jamgʻarmasi”ga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda, xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-3-015-7-102-K/24-son qarori 1-ilovasidagi 8-bandi hamda 2-ilovasidagi 9-bandlari tuman mahalliy budjeti hisobidan Paxtachi tumani mahalliy budjetining 2025-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlarini 657834,0 (olti yuz ellik yetti million sakkiz yuz oʻttiz toʻrt) ming soʻm ilovaga muvofiq oshirilsin.
3. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (J.Eshonqulov) Paxtachi tumani mahalliy budjetining 2025-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar boʻyicha doimiy komissiyasi (F.Kenjayev) va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (U.Arnaqulov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi XUSHBAKOV KAYUM NORBEKOVICH
Samarqand viloyati, Paxtachi tumani,
2025-yil 29-dekabr,
VII-19-123-7-102-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.