29.12.2025 yildagi VII-18-143-7-104-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TOYLOQ TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toyloq tumanining 2025 yil IV chorak mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari balansliligini buzmagan holda koʻpaytirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 127-moddasi va “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 59-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-4-021-7-104-K/24-sonli qaroriga tegishli oʻzgartirish kiritish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining oʻn sakkizinchi sessiyasi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-sonli qaroriga asosan tumandagi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini mahalla jamgʻarmasiga oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun 1 259 383,0 ming (bir milliard ikki yuz ellik toʻqqiz million uch yuz sakson uch ming) soʻm mablagʻ zarurligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toyloq tumani boʻlimi tasarrufidagi mahallalarning “Mahalla jamgʻarmasi”ga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizini oʻtkazishdan yuzaga kelgan farqni qoplash uchun Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-4-021-7-104-K/24-sonli qarori 1-ilovasidagi 8-bandi hamda 2-ilovasidagi 10-bandlari tuman mahalliy budjeti hisobidan Toyloq tumani mahalliy budjetining 2025-yil IV chorak daromadlari va xarajatlarini 1 259 383,0 ming (bir milliard ikki yuz ellik toʻqqiz million uch yuz sakson uch ming) soʻm 1-ilovaga muvofiq oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (R.Qahorov) Toyloq tumani mahalliy budjetining 2025-yil IV chorak daromadlari va xarajatlari rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar boʻyicha doimiy komissiyasi (F.Sidikov) va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (A.Sharipov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi RAXMATULLAYEV BEHZOD RAXMATULLAYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Toyloq tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-18-143-7-104-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.