XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHINING
qarori
Bogʻot tumanida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga hamda noruda qurilish materiallari (sementdan tashqari) uchun belgilangan qatʼiy stavkalarga koeffitsiyentlar miqdorini qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445 va 452-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlariga hamda Bogʻot tumani Soliq inspeksichsining 2025-yil 20-dekabrdagi 16-14658-sonli xatini inobatga olib Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2025-yil12-noyabrdagi 24-127593-sonli, viloyat soliq boshqarmasi va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 3-dekabrdagi qoʻshma xatlari hamda Bogʻot tumani Soliq inspeksichsining 2025-yil 20-dekabrdagi 16-14658-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Bogʻot tumanida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 1-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi S. Axmedovga tadbirkorlar tomonidan suv resurslaridan foydalanganliklari uchun suv sarfining miqdori va summasini hisoblash mexanizmini joriy qilish vazifasi topshirilsin.
4. Ushbu qaror “Bogʻot sadosi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari-tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi v.v.b (N. Qalandarov) hamda nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi (B. Saparov) zimmasiga yuklansin.
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi K. ROʻZMATOV
Xorazm viloyati, Bogʻot tumani,
2026-yil 15-yanvar,
VII-25-2-12-170-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.