XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oltinsoy tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429, 437-moddalariga asosan Oltinsoy tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻi R. Boymirzayevning bergan hisoboti tinglandi va bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi.
1.Tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻi R. Boymirzayevning Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-, 429-, 437-moddalariga asosan Oltinsoy tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan bergan 2025-yil 17-dekabrdagi 01-08341-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2.Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (M. Rasulov), tuman Soliq inspeksiyasi (R. Boymirzayev)larga:
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasida Oltinsoy tumani boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yuridik shaxslarning 1 gektar yeri uchun 45 240 000 soʻm hamda jismoniy shaxslarning 1 kvadrat metr yeri uchun 402,53 soʻm bazaviy soliq stavkalari boʻyicha taklif kiritilganligi (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, yer soligʻi stavkasiga 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilashi mumkinligi yuzasidan tuman hokimligi Axborot xizmati bilan hamkorlikda chiqishlarni amalga oshirish va ommaga taqdim etish;
belgilangan yer soligʻi stavkalariga (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashlari yuzasidan maʼlumotlarni taʼminlab berish;
tuman xalq deputatlari Kengashi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun keyingi soliq davriga tasdiqlangan soliq stavkalarini besh kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazilishini taʼminlash;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mavjud yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olish;
yuridik va jismoniy shaxslarga hisoblangan yer soligʻi va undirilgan soliqlari toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot berib borish vazifasi yuklatilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman kesimida, tumanning iqtisodiy rivojlanishiga qarab kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman hokimligi Axborot xizmati (U. Abdurasulov), “Xalq va hayot” gazetasi tahririyati (N. Temirov)ga mazkur loyihalarni amalga oshirishdan maqsad va uning viloyat va tumanlar iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 2025-yil 18-fevraldagi “Oltinsoy tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning 2025-yil uchun mol-mulk hamda yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida”gi VII-5-38-8-108-K/255-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (Yu. Hakimov) zimmasiga yuklatilsin.
7. Mazkur qaror eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Sessiya raisi A. MAMATMURATOV
Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani,
2026-yil 7-yanvar,
VII-15-7-8-108-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.