08.01.2026 yildagi VII-17-1-8-121-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yilda Termiz shahar boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1014-sonli Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-, 452-moddalariga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, shahar Soliq inspeksiyasining 2025-yil 17-dekabrdagi 14-16693-son xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1014-sonli Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-, 452-moddalari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shahar Soliq inspeksiyasi hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda shahar hokimligining 2026-yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, shahar boʻyicha 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun Termiz shahar hududida yer qaridan foydanilganlik uchun soliq stavkasi 1-ilovaga hamda suv soligʻi stavkasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xalq deputatlari shahar Kengashiga ushbu qarorning 1-2-ilovalariga asosan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni kelgusi yil uchun mahalliy budjet daromadlari prognozidan, shaharda iqtisodiy faollikning tiklanganligi hamda aholi va tadbirkorlarning daromadlari barqarorlashganligidan kelib chiqqan holda qoʻllashlari tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Termiz shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Sh. Dusmuratov), shahar Soliq inspeksiyasi (S. Turayev) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun yer qaʼridan foydalanganlik hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun yer soligʻi va undirilgan soliqlar toʻgʻrisida xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot berib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar hokimligi Axborot xizmati (A. Qosimova) va “Termiz oqshomi” gazetasitahririyati (A. Radjabov)ga mazkur qarorni ijtimoiy tarmoqlar hamda shahar hokimligining rasmiy sahifalaiga yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (Sh. Dusmuratov) hamda xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Mustafakulov) zimmasiga yuklansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror tasdiqlangan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi LOLAYEV SHAROFIDDIN USANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Termiz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-1-8-121-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.