12.01.2026 yildagi VII-14-4-8-112-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JARQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarqoʻrgʻon tumanidagi mavjud ayrim geografik obyektlarni nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspertiza komissiyasining 2025-yil 16-sentyabrdagi 05-19-15974-sonli yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2025-yil 16-sentyabrdagi 05-19-15974-sonli ekspertiza xulosasiga asosan Jarqoʻrgʻon tumanida 1424 ta geografik obyekt (koʻchani)ni nomlash boʻyicha taklifi oʻrganib chiqilib ijobiy xulosa berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.Xashimovaning tumandagi ayrim Geografik obyektlarni nomlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspertiza komissiyasining 2025-yil 16-sentyabrdagi yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining ekspertiza xulosasi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspertiza komissiyasining 2025-yil 16-sentyabrdagi yigʻilish bayoni hamda Respublika ekspertiza komissiyasining 2025-yil 16-sentyabrdagi 05-19-15974-sonli ekspertiza xulosasiga asosan tumandagi jami 1424 ta geografik obyektlarini nomlash boʻyicha berilgan ekspertiza xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan, qonun hujjatlariga muvofiq deb hisoblanganligi inobatga olinsin hamda tuman boʻyicha jami 1424 ta geografik obyektlarning nomlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumanda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha mavjud 1598 ta geografik obyektlarning nomlari Respublika Kadastr agentligi ekspertiza komissiyasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq deb topilganligi inobatga olinib, ushbu 1424 ta geografik obyektlarning roʻyxati xalq deputatlari tuman Kengashi qarori asosida Respublika Kadastr agentligining davlat reyestri elektron bazasiga kiritish maqsadida viloyat hududiy komissiyasiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (R. Xamrayev va A. Rajabov), tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari bilan birgalikda mahalla fuqarolar yigʻinlarida koʻcha nomlari aks ettirilgan peshlavhalarni 1 oy muddatda belgilangan tartibda oʻrnatish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Statistika boʻlimi (E. Xushboqov), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Jarqoʻrgʻon tuman filiali (E. Achilov) nomlangan koʻchalarning nomlarini belgilangan tartibda roʻyxatga olish vazifasi yuklatilsin va tuman Ichki ishlar boʻlimi (M. Qoʻngʻirotov ) fuqarolarni doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyishda yangi nomlangan koʻchalarni inobatga olish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash uchun tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (Sh. Xashimova) hamda tuman hokimining oʻrinbosarlari (R. Xamrayev va A. Rajabov), Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Jarqoʻrgʻon tuman boʻlimi (B. Sulaymonov) masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki nomlangan koʻchalarga peshlavhalar tayyorlash, oʻrnatish uchun sarflanadigan mablagʻlar qonunda taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur sessiya qarori ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Z. Ahmedova) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi AVAZOV ELMUROD ROʻZIMURODOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-4-8-112-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.