XALQ DEPUTATLARI BOYSUN TUMANI KENGASHINING
Qarori
Boysun tumanida 2026-yil uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi soliq kodeksining 445- va 452-moddalari hamda Boysun tumani soliq inspeksiyasining 2025-yil 16-dekabrdagi 27-07243-son xati asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Boysun tumani soliq inspeksiyasining 2025-yil 16-dekabrdagi 27-07243-son xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Boysun tumani boʻyicha 2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 1-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun (smentdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi axborot xizmati (Y. Xoliyorov), “Boysun” gazetasi tahririyati (D. Oripov) mazkur qarorning “Boysun” gazetasida rasman eʼlon qilinishi hamda hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Y. Joʻrayev) hamda xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (Q. Alimov) zimmasiga yuklansin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi SHUKUROV BOXADIR SHOTURAYEVICH
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani,
2026-yil 9-yanvar,
VII-18-2-8-110-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.