08.01.2026 yildagi VII-14-1-8-114-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QUMQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yilda Qumqoʻrgʻon tumanidagi yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulk hamda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer soligʻi, suv soligʻi va yer qaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini 2026-yil uchun belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-, 429- va 437-moddalariga asosan tumanda 2026-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatiga nisbatan koeffitsiyent qoʻllash va tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qumqoʻrgʻon tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 17-dekabrdagi 14-10006-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Z. Eshqobilov, Tuman Soliq inspeksiyasi (B. Turdiyev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 kv.m uchun mutloq miqdorda belgilangan minimal qiymatda boʻlishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 kv. m uchun mutloq miqdori 1 390 000 (bir million uch yuz toʻqson ming) soʻm belgilanganligi minimal qiymatda boʻlishi yuzasidan “Surxondaryo” televideniyesi bilan hamkorlikda press klublar va chiqishlarni amalga oshirish hamda televideniye orqali keng ommaga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
minimal qiymat boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qishloq joylarida keskin oshib ketishining oldini olish maqsadida, xalq deputatlari tumanda Kengashi belgilagan minimal qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan mavjud mol-mulklari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-fevralga qadar soliq toʻlovchilarni qoʻllab-quvvatlash va eʼtirof etish maqsadida 2025-yil davomida mol-mulk soliqlarini belgilangan tartibda va muddatda toʻlashda faol boʻlgan har bir tumandan kamida 3 tadan yuridik shaxslarni moddiy va maʼnaviy tomonlama ragʻbatlantirish takliflarini kiritish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatga nisbatan koeffitsiyenti va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida (yuridik) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun mahallalar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida 2026-yilda Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Z. Eshqobilov, tuman Soliq inspeksiyasi (B. Turdiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻining amaldagi stavkalari yuridik shaxslar 1 gektarga 49,010 mln. soʻm va jismoniy shaxslar 1 kv. m ga 420,19 soʻm, yuridik shaxslar uchun 1,30-1,53 koeffitsiyentgacha va jismoniy shaxslar 1,2-1,5 koeffitsiyentgacha indeksatsiya qilinishi qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilashi mumkinligi yuzasidan (R. Mengziyayeva)ga “Qumqoʻrgʻon sadosi ” gazetasi tahririyati orqali keng ommaga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yer soligʻi stavkalariga (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun ularning hududlarida joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashlari yuzasidan maʼlumotlarni taʼminlab bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun keyingi soliq davriga tasdiqlangan soliq stavkalarini 5 (besh) kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 (oʻn) kun muddatda 2025-yil davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun yer soliqlarini belgilangan muddatda va miqdorda faollik bilan toʻlagan tumandagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarni mahalliy budjet hisobidan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga takliflarini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mavjud yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olsin, har chorak yakunida yuridik va jismoniy shaxslarga hisoblangan yer soligʻi va undirilgan soliqlar toʻgʻrisida hamda yuridik shaxslarga hisoblangan mol-mulk soligʻi va undirilgan boshqa soliqlari toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi Axborot xizmati (A. Norbayev), “Qumqoʻrgʻon sadosi ” gazetasi tahririyati (R. Mengziyayeva)ga mazkur loyihani amalga oshirishdan maqsad va uning tuman iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida Qumqoʻrgʻon sadosi gazetasi sahifalar orqali ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tuman Kengashining 2025-yil 3-fevraldagi “Qumqoʻrgʻon tumanida2025-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatiga nisbatan koeffitsiyent qoʻllash toʻgʻrisida” va “Qumqoʻrgʻon tuman yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida” VII-4-14-8-114-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Z. Eshqobilov) bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (B. Mamarajapov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi ABDIMUMINOV BAYMURAT XXX
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-14-1-8-114-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.