08.01.2026 yildagi VII-18-1-8-119-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SHEROBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sherobod tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429, 437, 445 va 452-moddalariga muvofiq, Sherobod tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash, shuningdek suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi hamda oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash masalasi yuzasidan tuman soliq inspeksiyasi (B. Akramov)ning hisoboti tinglanib, bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2026-yil 6-yanvardagi VII-17-2-8-0-K/26-son qarorini inobatga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman soliq inspeksiyasi (B. Akramov)ning Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429,437,445 va 452-moddalariga asosan Sherobod tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash yuzasidan bergan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida (yuridik) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlari 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 452-moddasiga muvofiq 2026-yilda Yer qaʼridan foydalanganlik noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari) qatʼiy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sherobod tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (U. Xamrayev), tuman Soliq inspeksiyasi (B. Akramov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati boʻyicha qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yuridik shaxslarning 1 gektar yeri uchun 37,7 mln.soʻm hamda jismoniy shaxslarning 1 kvadrat metr yeri uchun 353,00 soʻm bazaviy soliq stavkalari boʻyicha taklif kiritilganligi (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer soligʻi stavkasiga 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilashi mumkinligi yuzasidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda press klublar va chiqishlarni amalga oshirish orqali ommaga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yer soligʻi stavkalariga (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashlari yuzasidan maʼlumotlarni taʼminlab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning 2026-yil uchun mol-mulk hamda yer soligʻi stavkalarini belgilash haqidagi Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining qarori loyihasida Surxondaryo viloyati Sherobod tumani bo'yicha qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yuridik shaxslarning 1 gektar yeri uchun 49010,0 ming.soʻm hamda jismoniy shaxslarning 1 kvadrat metr yeri uchun 402,53 soʻm bazaviy soliq stavkalari belgilanishi nazarda tutilganligini ma'lum qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun keyingi soliq davriga tasdiqlangan soliq stavkalari, shuningdek suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaʼridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari, soliq organlarining rasmiy axborot resurslari hamda elektron soliq tizimlari orqali qaror kuchga kirgan kundan boshlab besh kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mavjud yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga hisoblangan yer soligʻi va undirilgan soliqlari toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga chorak yakuni bilan axborot berib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mavjud yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olsin. har chorak yakunida yuridik va jismoniy shaxslarga hisoblangan yer soligʻi va undirilgan soliqlar toʻgʻrisida hamda yuridik shaxslarga hisoblangan mol-mulk soligʻi va undirilgan boshqa soliqlari toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi axborot xizmati (A. Toshtemirov) va “Sherobod hayoti” gazetasi tahririyati (P. Muhammadiyev) mazkur loyihalarni amalga oshirishdan maqsad va uning tuman iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qaror loyihasiga sessiyada deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olinib, mazkur qarorga tuzatishlar, qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2025-yil 12-fevraldagi “Sherobod tumanida 2025-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatiga nisbatan koeffitsiyent qoʻllash toʻgʻrisida” va “Sherobod tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida” VII-6-14-8-119-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Choriyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi ALIMOV USMON IBROXIMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-18-1-8-119-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.