30.12.2025 yildagi 308-8-112-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SURXONDARYO VILOYATI JARQOʻRGʻON TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarqoʻrgʻon tuman hududidan oʻtgan umum foydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻliga sunʼiy notekisliklar oʻrnatish hamda avtomobillar harakat tezligini pasaytirish, maktab bolalari va piyodalarning xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarqoʻrgʻon tumani hududida fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish, Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari” hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jarqoʻrgʻon tuman Ichki ishlar boʻlimining 2024-yil dekabrdagi “Surxondaryo viloyatida yoʻl transport hodisalarini oldini olish yuzasidan 2025-yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbir” lari maʻlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jarqoʻrgʻon tuman hududidan oʻtgan umumfoydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan D 169 avtomobil yoʻlining 1 km Beshbuloq mahallasidagi 36-sonli umumtaʼlim maktabiga, 5 km Yoshlik mahallasidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabiga, 12 km Yangi qishloq mahallasidagi 1-sonli texnikumga, 75V061 avtomobil yoʻlining 1 km Neftchilar mahallasidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabiga, 6 km Mustaqillik mahallasidagi 62-sonli umumtaʼlim maktabiga, D 167 avtomobil yoʻlining 30 km A.Navoiy mahallasidagi 19-sonli umumtaʼlim maktabiga, 34 km Qoʻldovli mahallasidagi 31-sonli umumtaʼlim maktabiga, 37 km Paxtazavod mahallasidagi 14-sonli umumtaʼlim maktabiga, 44 km Qoʻshtepa mahallasidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabiga, 75V018 avtomobil yoʻlining 1 km Qoraqursoq mahallasidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabiga, 2 km Istiqlol mahallasidagi 45-sonli umumtaʼlim maktabiga, 4 km Surxon sohili mahallasidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabiga, 8 km 32-sonli umumtaʼlim maktabiga, 18-19 km qismida tashkilotlarning piyodalar oʻtish joylariga “xavfsiz piyodalar oʻtish joyi” sunʼiy notekislik qurilmasi qurilib yoʻl chiziqlari va 3.24 yoʻl belgisini qonunda belgilangan tartibda oʻrnatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki ishlar boʻlimi IIB YHXG (F. Yusupov) va Jarqoʻrgʻon tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi (Sh. Toʻrayev)ga tuman hududida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari va markaziy koʻchalarida fuqarolar va transport vositalarini harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida sunʼiy notekislik qurish, yoʻl belgilarini oʻrnatish va doimiy nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari O. Xamrayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarqoʻrgʻon tuman hokimi AVAZOV. E. R
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308-8-112-Q/25-son