08.01.2026 yildagi VII-18-1-8-109-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ANGOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Angor tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-, 429- va 437-moddalariga asosan Angor tumanida 2026-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatiga nisbatan koeffitsiyent qoʻllash va tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Angor tumani Soliq inspeksiyasining 2025-yil 16-dekabrdagi 18-09894-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Angor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi U.Yuldashev, tuman Soliq inspeksiyasi (I.Xudoyqulov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻining amaldagi stavkalari yuridik shaxslar 1 gektarga 52,780 mln. soʻm va jismoniy shaxslar 1 kv. m ga 441,38 soʻm, yuridik shaxslar uchun 1,30-1,53 koeffitsiyentgacha va jismoniy shaxslar 1,2-1,5 koeffitsiyentgacha indeksatsiya qilinishi qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilashi mumkinligi yuzasidan “Surxondaryo” televideniyesi bilan hamkorlikda press klublar va chiqishlarni amalga oshirish hamda televideniye orqali ommaga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yer soligʻi stavkalariga (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun ularning hududlarida joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashlari yuzasidan maʼlumotlarni taʼminlab bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun keyingi soliq davriga tasdiqlangan soliq stavkalarini besh kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 (oʻn) kun muddatda 2026-yil davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun yer soliqlarini belgilangan muddatda va miqdorda faollik bilan toʻlagan tumandagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarni mahalliy budjet hisobidan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga takliflarini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mavjud yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakunida yuridik va jismoniy shaxslarga hisoblangan yer soligʻi va undirilgan soliqlar toʻgʻrisida hamda yuridik shaxslarga hisoblangan mol-mulk soligʻi va undirilgan boshqa soliqlari toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimligi Axborot xizmati hamda “Angor yogʻdusi” gazetasi tahririyati (G. Jumayeva)ga mazkur loyihani amalga oshirishdan maqsad tuman iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2025-yil 10-fevraldagi “Angor tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida”gi VII-5-14-8-109-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (R. Kabulova) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi MARDONOV QOSIM ESONOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Angor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-18-1-8-109-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.